Soliqlar

Soliqlar — davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki mol- mulkidan undiriladigan va byudjetgan o’tkaziladigan majburiy to’lov. S. dav- lat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vo- sitalaridan biri. S.ning kelib chiqishi davlatning paydo bo’lishi b-n chambar- Chas bog’liq bo’lib, juda qad. tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Xammurapi qonunlari b-n S.ning joriy etilgani to’g’risida ma’lumotlar uchraydi. Hoz. davrda ham davlat bajaradigan vazifa- larni mablag’b-n ta’minlash muammosi S.ning ob’ektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Davlat daromadlari manbala- ri tarkibida S. salmoqli o’rinni egal- laydi. Mas, davlat byudjeti daromadla- rining 70-90% S. hisobiga ta’minla- nadi. Har qanday S.ning asosiy unsurla- ri: soliq sub’ekti (yoki soliq to’lovchi) — qonun yo’li b-n shu soliqni to’lash majburiyati Yuklangan fuqarolar, kor- xona, tashkilotlar; soliq ob’ekti — un- diriladigan soliq summasini hisoblab chiqarishga asos bo’ladigan daromad yoki molmulk (ish haqi, sotish hajmi, korxo- na molmulki qiymati, er, qazib olingan qazilma boyliklar hajmi va b.); soliq manbai — aniq bir soliqni to’lashga manba bo’ladigan daromad (daromad turi) (ish haqi, foyda, gonorar — ijod haqi) yoki daromad keltirishi mumkin bo’lgan molmulk (er, imorat,. meros, hadya mulk va b.); soliq stavkasi. Undirish usuliga ko’ra, to’g’ri va egri S.ga bo’linadi. To’g’ri S. molmulk va da- romadga bevosita joriy qilinadi va soliq to’lovchi tomonidan oraliq vosita- chilarsiz to’lanadi. Keng tarqalgan tur- lari: qo’shilgan qiymat solig’i, daromad solig’i, meros hamda hadya solig’i, Tovar aylanmasi solig’i, savdo solig’i, ekspor- timport solig’i va b. Egri S (aktsizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tarif- larga kiritish mo’ljallangan va keyin- chalik tovarlar iste’molchilariga yukla- nadigan S. Davlat tuzumi xususiyatlariga ko’ra, S. tizimi umumdavlat (Markaziy) va mahalliy (ma’muriy-hududiy birli- klar) S. va yig’imlardan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasida S. tizimining huquqiy asoslari, uni to’lovchilarning huquqlari hamda majbu- riyatlari, soliq ishlarini yuritish tar- tiboti 1997 y. 24 apr.da qabul qilingan va 1998 y. 1 yanv.dan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi b-n belgilanadi. O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan umum- davlat S.i: yuridik shaxslardan olina- digan daromad (foyda) soligi; jismo- niy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz solig’i; er osti boyliklaridan foyda- langanlik uchun soliq; ekologiya solig’i; suv resurelaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat S.i har yili qonuniy tartibda belgilanadigan nor- mativlar bo’yicha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi. Mahalliy S. va yig’iml a r — molmulk soliq; er solig’i; reklama solig’i, avtotransport vosi- talarini sotganlik uchun soliq, ijti- moiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yig’im; obodonchilik ishlari uchun yig’im va b. Mahalliy soliq va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi. Davlat tomonidan undirilgan S. byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq to’lovchilarga sog’liqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari ork- li bilvosita yo’llar b-n qaytadi. O’zbekistonda soliq nazariyasi va ama- liyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar “soliq to’lovchining jurnali”da (1995 y. dan o’zbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi. Mutallib Yo’ldoshev.