Simob

Simob (lot. Hydrargurum), Hg — Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 80, at. m. 200,59. Tabiiy S. massa sonlari 196, 198-202 va 204 ga teng bo’lgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng ko’p tarkalganla- ri 2(l0Hg(23,13%) b-n 2O2Hg (29,8%). S.ning sun’iy radioaktiv izotopla- ridan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. S. juda qadimdan ma’lum. Er po’stining massa jihatdan 710″6% ini tashkil eta- Di. Tabiatda ba’zan tug’ma holda uchray- Di, asosan, birikmalar holida bo’ladi. S.ning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, S.ning 30 ga yaqin minerallari mavjud. Ispaniya, Kavkaz, Ukraina, O’rta Osiyo, Italiya va AQShda S. konlari bor. S. — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zich- ligi 13,52 g/sm3, suyuqlanish t-rasi -38,97°, qaynash t-rasi 357,25°. S. o’zida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, ku- mush, oltin)ni eritib, o’sha metallar- ning amalgamasini hosil qiladi. O’z birikmalarida 1 yoki 2 valentli. Kimyo- viy jihatdan turg’un modda. Asl metal- lar singari quruq havoda oksidlanmay- Di; S. kislorod b-n faqat yuqori trada reaktsiyaga kirishadi. Galogenlar va ol- tingugurt b-n oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kis- lotada erimaydi, lekin zar suvida, ni- trat kislotada, qaynoq kontsentrlangan sulfat kislotada eriydi. S.ning ion- lanish potentsiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli S. birikma- lari qizdirilganida S.ga va 2 valent- li S. birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. S. juda ko’p asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va Kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, port- lovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tay- yorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatila- Di. Odam va qayvonlar organizmida 10~6% S. bo’ladi. Odam organizmiga bir kechakunduzda o’rta hisobda ovqat orqali 0,02—0,05 mg S. o’tadi. Kishi qonida o’rta hisobda 0,023 mg/ml, siy- dikda 0,1—0,2 mkg/ml mikdorida S. bor. S. organizmda Si, Sn, Cd, Se mikroele- mentlarining singishi va almashinuvi- da yordam beradi. S. va uning birikma- lari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall S.ning bug’lari ayniqsa xav- fli. S. nafas orqali qonga o’tadi. Qonga o’tgan S. undagi oqsillar b-n qo’shiladi. S. ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya to’qimalarida to’planadi. Sdan zaharlarganda vena orqali giposulfit- ning 20%li eritmasi yuboriladi, Mar- kaziy nerv sistemasi faoliyatini nor- mallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va h.k. S. preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qo’llanadi. Simob birikmalari. S.ning ko’p bi- rikmalari ma’lum. S. amidlari, mas, [Hg(NH3)2]Cl2NH3HgC! Tibbiyotda qo’llanadi. S. diasidodiaminlarining umumiy formulasi [MeA2X2]”~2 bo’lib, kompleks birikmalardan hisoblanadi. S. dimetil (CH3)2Hg — rangeiz og’ir suyuqlik, shirin mazaga ega, bug’i juda zaharli. Oksidlaridan Hg2O — kora tusli kukun va HgO — qizil yoki sariq tusli kristall, peroksidi HgO2 beqaror modda, S. metilxlorid CH3HgCl — ran- geiz kristall modda, organik sintezlar- da qo’llanadi. S. (1)nitrat HgNO3H2O — rangeiz kristall, suvda, nitrat kis- lotada eriydi, spirt va efirda erimay- Di. S. (II)bariy yodid Ba(HgI4)5H2O yoki HgI2BaI25H2O sargish kristall, beqaror, gigroskopik, suvda va spirtda eriydi. Mikroanalizda alkaloidlarni anikdashda ishlatiladi. S. (II) bromid (simob dibromid) HgBr2 — kristall modda, oq kukun, zaharli, suvda, spirt va efirda eriydi. S. (II) xlorid sulema deyiladi. Kaldirok, simob Hg(ONC)2 — kri- Stall modda, suvda oz eriydi, ammoniy gidroksidda va spirtda yaxshi eriydi. Qaldiroq kislotaning simobli tuzi, silkitilsa portlaydi, shu bois undan detonator sifatida foydalaniladi. S. (P)kaliy yodid K2[HgI2]3H2O — sariq kristall, gigroskopik, suvda eriydi, ki- myoviy analizlar va tibbiyotda qo’llanadi. S. (1)yodid Hg,l2 yoki Hgl, sarg’ishyashil kristall modda (kukun), nur ta’sirida uzgaradi, suvda va spirtda erimaydi. S. (P)yodid Hgl2 ham mavjud, 2 shakli bor: tetragonal shakllisi qizil rangga ega, 170°da sarg’ayadi, sovutil- sa yana qizaradi; romb shakllisi sariq rangli kristall, suvda erimaydi, kaliy yodidda eriydi, zaharli. S. (II) kumush yodid HgAgI, sariq mayda kukun, suvda erimaydi. S. (P)sulfat HgSO4, S. (P) sulfit HgSO3, S. (1)sulfat Hg2SO4 S. (P)atsetet Hg(C2H4O2)r S. (II)xromat Hg2Cr04. S. (P)tsianid Hg(CN)2, S. (N) tsianat Hg(ONC)2 va b. birikmalar kimyo sanoatida, tibbiyotda, fotografiyada va b. sohalarda qo’llanadi. Ad.: Axmerov K,., Jalilov A., Say- futdinov R. S, umumiy va anorganik kimyo, T., 2003. Qudrat Axmerov.