Simvolizm

Simvolizm (Yun. symbolon — belgi, ramz, timsol) — 19-a. oxiri — 20- a. boshlarida dastlab Frantsiyada, keyin Evropaning boshqa mamlakatlarida pay- do bo’lgan adabiy oqim. “S.”yangi she’riy yo’nalishni ifodalovchi termin sifatida ilk bor J. Moreasning “Kantilyonalar” (1886) kitobi so’z boshisida qo’llangan va u yozgan “simvolizm manifesti” (1886)da asoslab berilgan. S.ning yuzaga kelishi Parij Kommunasi tugatilgandan keyin frantsuz voqeligida vujudga kelgan ij- timoiy-tarixiy sharoit b-n bog’liq. Shu davrda voqelikni in’ikos ettirish re- alistik tamoyillarining frantsuz ada- biyotidagi parnaschilar va naturalistlar oqimi tomonidan qadrsizlanishi va rad etilishi S.ning paydo bo’lishiga zamin hozirladi. Moreas o’z manifestida na- turalizmni faqat inkor etuvchi oqim sifatida ta’riflagan va S.ning na- turalizmni siqib chiqarish maqsadida yuzaga kelganini aytgan. Uning fikriga ko’ra, “pandnasihat berish, deklamasiya, soxta hissiyot, mukammal tasvir” S.ga yot hodisalardir. U S.ning dastlabki na- moyandalari sifatida u. Shekspir, o’rta asrlardagi mistiklar, frantsuz adabi- yotida esa eng avvalo Sh. Bodler nomini tilga olgan. S. estetikasining asosiy aqidalari 60—70y.lar so’ngida P. Ver- Len, A. Rembo, S. Mallarme ijodida shak- llangan hamda P. Valeri, M. Meterlink, A. de Rene va b. shoirlar ijodida o’z ifodasini topgan. Frantsuz simvolist- lari davrasi 80y.larningo’rtalaridan Mallarmening o’limi (1898)ga qadar da- vom etib, so’ng parchalanib ketgan. Ammo ularning estetik aqidalari Frantsiya- da davom ettirilibgina qolmay, qo’shni mamlakatlarga ham yoyilgan. S.ning ildizlari romantizm b-n bir- ga nemis idealistik falsafasi namo- yandalari A. Shopengauer va E. Gartman asarlariga hamda F. Nisshe g’oyalaridan mutaassir bo’lgan E.Po va R. Vagner ijodlariga borib takaladi. S. natura- listlarning hujjatparastlik va ijti- moiyfiziologik aqidalariga, shuning- dek, realistlarning ijtimoiy-tarixiy aniklik haqidagi talablariga qarshi o’laroq ideal—chin dunyoni botiniy bir tarzda yaratayotgan, shuning uchun ham mod- diy dunyo qonunlari b-n cheklanmagan po- etik tasavvurning erkinligi uchun kurash olib bordi. S. “g’ayrinaturalizm” sifa- tida moddiy va ijtimoiy “muhit”ning naturalistik nazariyasidan erkiro- daning hurligi g’oyasini qatiy turib himoya qildi. Simvolistlarning fikrlariga ko’ra, kundalik turmushda uchrovchi narsalar za- Mirida faqat san’at, eng avvalo musiqa, shuningdek, nutqning musiqiy vositala- ridan foydalanuvchi she’riyatgina ilg’ab olishi mumkin bulgan sir — g’oya mav- jud; she’riyatning eng muhim xususiyati ana shu sirni sezishdir; she’riyat dunyo- ni bilishning eng oliy shakli sifatida dinga yaqinlashib boradi, binobarin, ijodkor (shoir) ilohiy kuch sohibidir. Simvolistlar she’riyatning asosiy va- zifalaridan birini go’zallik g’oyasini topish va in’ikos ettirishda hamda bu g’oya orqali ezgulikni tarannum etishda kurdilar. Simvolistlar nazdida, bod- lerning “muvofiqlik” soneti (1855) da Platonga borib takaluvchi g’oya ifo-dalangan bulib, bu goyaga kura, xid, rang va tovush (ohang) birbiri orkali ifo- dalanishi mumkin. Shoir Bodlerning fikriga kura, cheksizchegarasiz qiyoslar olamida mavjud bo’lgan uxshatish, sifat- lash, istioradan, xuddi shifr singari, foydalanuvchi tarjimondir. S.da belgi, ramz (simvol) — poetik obrazlilikning chuqqisi, g’oyaning eng mukammal ifodasi sifatida namoyon buladi. S.ning mohiyatini ifodalovchi barcha shartlar S. Mallarme ijodida uzining tula ifodasini topgan. Simvolistlar- ning ruhiy olami qanday bo’lishidan qat’i nazar (mas, Remboda xudosizlik, E. Verxarnda ijtimoiylik, P. Kloded- da esa katolisizm akddalariga moyillik kuchli bo’lgan), S. adabiyot va san’atdagi oqim sifatida dunyo va madaniyatning Platon va xristian ta’limotlariga xos ramziy kontsepsiyalari b-n chatishib ke- tadi. S. jamiyat va madaniyat tarixidagi tanazzul davrining mahsuli bo’lishiga qaramay, uning eng yirik namoyandalari ijodida umuminsoniy qadriyatlar — jamiyatdagi inson ruhini sindirishga karatilgan jarayonlardan norozilik, ruhiy erkinlik, asriy madaniy kadri- yatlarga ishonch va hurmat tuyg’ulari mahorat b-n ifodalangan. S. adabiymadaniy okim sifatida 20-a.ning 20y.lariga qadar davom etdi. Ammo ayrim shoir va yozuvchilar sobiq so- vet jamiyatida ro’y bergan fojiali ij- timoiy-siyosiy voqealarni tasvirlashda S. erishgan tajriba va vositalardan foydalanib keldilar. S.ning 30—60y. larda o’zbek shoirlari ijodida ko’zga tashlangan ayrim unsurlari xuddi shu holat b-n bog’liq. Ad.: Izzat Sulton, adabiyot nazariya- si, T., 1986. Naim Karimov.