Selektsiya

Selektsiya (lot. selectio — tan- lash, saralash) — yuqori mahsuldor o’simliklar navlari va duragaylari- ni, hayvonlar zotlarini va mikroor- ganizmlar shtammlarini yaratish na- zariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiy- nazariy bazasi genetika hisoblanadi. O’simliklar S.si botanika, tsitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekolo- giya, biokimyo, o’simlikshunoslik va q. x. maxsulotlarini qayta ishlash texno- logiyasi b-n chambarchas bog’liq. Ibtido- iy S. ko’rinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo bo’lgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yo’nalishlarda olib borilgan. Xalq selektsiyasi O’rta Osiyoda ham rivojlanib, g’o’za, zig’ir, don, beda, sab- zavotpoliz ekinlari, tok va mevali da- raxtlarning qimmatli navlari yaratil- gan. 3-4-a.larda afrikaosiyo g’o’zasining qattiq quruq iqlimga moslashgan erta- pishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bug’doyning qizil bug’doy, Tuyatish na- vlari hosildorligi, qurg’oqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda do- nining sifati b-n mashqurdir. Tok (So- yaki, sohibi, Parkent va b. navlari), o’rik (Ko’rsodiq, Obinovvot), arpa (tosh- kallak), sholi (arpa sholi, Xo’jaahmad, Qozoqi), jo’xori (xo’raki, kattabosh), qovun (jo’jaburun), tarvuz (Qo’zivoy), sabzi (Mirzoi, mushak), piyoz (oq piyoz) va b.ning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan ko’pchilik na- vlari hozir ham ekiladi. Beda selektsi- yasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand beda- lari butun dunyoga mashhur bo’lib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yo’li b-n Qorako’l, hisori qo’y zotlari, qorabayir, Laqay ot zotlari va b. yaratildi. Keyin- chalik ko’pgina muhim xo’jalik xususiyat- larga ega bo’lgan bu navlar va zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlang’ich Mate- rial sifatida foydalanildi. Ch. Darvin o’zining “turlarning ke- lib chiqishi” (1859) asari b-n S.ning il- miy asosini yaratdi (q. Evolyusion ta’- limot), hayvonlar va o’simliklar dunyo- sida yangi shakllarning paydo bo’lishida tanlaitit ahamiyatini ko’rsatib berdi. S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol o’ynadi. Irsiy o’zgaruvchanlikning gomo- logik katorlar qonuni hamda madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazla- ri to’g’risidagi ta’limot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qo’shdi. Evropa va Amerikada S. 19-a.da ri- vojlana boshladi. Frantsiyada L. Vil- Moren ko’p marta tanlash yo’li b-n qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erish- Di. Shved selektsioneri g. Nilsone- Le o’zidan changlanuvchi o’simliklarda yakka tanlash usulini qo’llab, sulining qimmatli navini yaratdi. Aqshdal. Byor- bank duragaylashni qat’iy tanlash b-n qo’shgan holda mevali o’simliklar va b. ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-a. oxiridan ri- vojlana boshladi. O’zbekistonda ilmiy S.ning boshlani- shi 20-a. boshlariga to’g’ri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyo- siga bo’lgan katta ehtiyojlari ta’sirida dastlab g’o’za S.si b-n shug’ullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898 y.da ish boshlagan Turkiston q.x. tajri- ba st-yasida (hoz. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. inti) R. R. Shreder q.x. sohasida ko’p qirrali ilmiy faoliyat b-n birga g’o’za, g’alla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899 y.da Andijon tajriba dalasi. 1900 y.da Mirzacho’l tajriba dalasi, 1913 y.da Namangan sh. yaqinidagi Paxtaliko’lda g’o’za bo’yicha maxsus Farg’ona selektsiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuev, G. S. Zaytsev, E. L. Navroskiy kabi olim- lar g’o’za, g’alla ekinlari, qoramolchilik bo’yicha S. ishlarini faol olib borishdi va g’o’zaning yangi mahalliy 169 (dehqon), 182 (oq jo’ra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan “Navroskiy”, Triumf navidan “Navroskiy zafari” navlari, Bushuev koramol zoti yaratildi. 20-a.ning 20y.laridan boshlab O’zbekistonda o’simlikshunoslik, chorva- chilik, yilqichilik, qorako’lchilik, pil- lachilik va b. yo’nalishlarida tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari tashkil etila boshladi. 1922 y.da Turkiston se- lektsiya st-yasi (1965 y.dan Butunittifoq g’o’za selektsiya va urug’chiligi i.t. inti), 1924 y.da Butunittifoq o’simlikshunoslik in-tining O’rta Osiyo tajriba st-yasi, 1925 y.da Milyutin (hoz. G’allaorol g’alla ekinlari) tajri- ba st-yasi, 1927 y.da O’rta Osiyo Ipakchi- lik inti, 1929 y.da Butunittifoq pax- tachilik in-ti (SoyuzNIXI), 1932 y.da O’zbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934 y.da O’zbekiston sabzavot va kar- toshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935 y.da Butunittifoq qorako’lchilik inti, 1940 y.da O’zbekiston chorvachilik in-ti va ularning respublikaning turli zo- nalarida joylashgan keng tarmokli st- yalari ish boshladi. Chorvachilikda S. mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlar- ga moslashishi, em-xashakdan samara- li foydalanishi bo’yicha olib bori- ladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui bo’yicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi (q. Duragaylash, Naslchilik, Saralash). O’simliklar S.da navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida ko’zlangan zarur moddalar (mas, bug’doyda oqsil, kartosh- kada kraxmal)ning ko’pligi hisoblanadi. Shuningdek, tanlashda o’simliklarning noqulay omillarga (qurg’oqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va za- rarkunandalarga) bardoshlik, mexaniza- tsiya b-n ishlov berishga qulaylik, Agro- texnologiyaga moyilligi ham muhim bel- gilar hisoblanadi. O’simliklar S.si boshlang’ich Mate- rial yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, o’zidan Chan- glangan liniyalar, poliploidlar, mu- tantlar bo’lishi mumkin. Boshlang’ich materialdan tanlab olingan o’simliklar avlodi dastlabki baholash, ba’zan qayta tanlash uchun selektsion ko’chatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav si- nash uchun (dastlabki, stantsion, konkurs) tanlab olinadi. So’ngra ular yakuniy baholash va r-nlashtirish uchun Davlat sinoviga o’tkaziladi (q. Davlat nav si- nash tarmog’i, nav). Makkajo’xori S.da geterozisi yuqori bo’lgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratila- Di. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish uchun diploidlar te- traploidlar b-n chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar. S.sida ham geterozis duragay- lari chiqariladi. G’o’za S.si yalpi tanlash, yakka tanlash usullari b-n serhosil va tezpishar na- Vlar yaratish yo’nalishida olib borila- Di. Bunda navlarning sifat belgila- riga (kasallik va zararkunandalarga, qurg’oqchilikka, sho’rga chidamliligi, tola chiqishi, mashinada terishga qulayligi va b.) e’tibor beriladi. Boshlang’ich ma- terial sifatida chet el S. navlaridan, tur ichida va turlararo madaniy, yovvoyi, yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni cha- tishtirish yo’li b-n olingan populyasiya- lardan, radioaktiv nurlanishlar va ki- myoviy mutagenlar ta’sirida chiqarilgan populyasiyalardan foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda geterozis samara- dorligidan yoki turlararo va tur ichidagi duragaylar birinchi bo’g’inining yuqori biologikxo’jalik mahsuldorligidan foydalaniladi. G’o’za S.sida oddiy yoki juft, pog’onali, duragaylar ichida, dura- gaylararo, takroriy (bekkross), murak- kab chatishtirish usullari qo’llaniladi. 20-a.da O’zbekiston olimlari S.ning nazariy va amaliy masalalarini ish- lab chiqishga munosib hissa qo’shdilar. G’o’za S. sida S. S. Kanash, A. I. Avtono- mov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, O. Jali- lovvab., mevalar va tok S.sida M. Mir- Zaev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinla- ri kartoshka S.sida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, E. V. Ermolova, A. S. Hakimov va b., krramolchilik S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq) S.sida S. G’. Azimov, qo’ychilik S.sida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va dura- gaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillaev va b.ning xizmatlari katta. O’zbekistonda S. ishlari O’zbekiston FA Genetika va o’simliklar eksperimen- tal biologiyasi instituti, O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish Mar- kazining paxtachilik; g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi; o’rmon xo’jaligi; sholi- chilik; o’simlikshunoslik; bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; sug’oriladigan erlarda don va dukkak- li ekinlar; chorvachilik; krrako’lchilik; ipakchilik i.t. intlarida; lub ekinla- ri tajriba st-yasida; K,oraqalpog’iston dehqonchilik i.t. in-tida; Toshkent agrar un-ti, Andijon, Samarqand qishloq xo’jaligi intlari S. kafedralarida olib boriladi. O’zbekistonda S. amali- yoti, uni tashkil etish va S. yutuqlari (o’simliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining “Se- lektsiya yutuqlari to’g’risida” qonuni (1996 y. 30 avg.) b-n tartibga solinadi. Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat selektsiyatajriba muassasalari va xususiy urug’chilik firmalari amal- ga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bug’doy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va b.) boshqa mamlakatlar- da bahori bug’doy S.sida foydalani- ladi. Bunday navlarni yaratish burdoy hosildorligini ancha oshirish imkoni- yatini berdi. Makkajo’xorining (AQSh) yuqori hosilli duragaylari, qand lavla- gining liniyalararo duragaylari (AQSh, Shvesiya), kalta poyali javdarbug’doy amfidiploidlari (Kanada), serkrax- mal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred lini- yalari (AQSh) muhim o’rinda turadi. Ad.: Simongulyan N. G., Shafrin A. N., Muhammadxonov S.R., G’o’za gene- tikasi, selektsiyasi va urug’chiligi, T., 1974; Miraxmedov S, Mirjuraev M ., Kachestvo volokna i selektsiya sortov xlopchatnika, T., 1986; Yigitaliev M ., Muhammadxonov S, dala ekinlari se- lektsiyasi va urug’chiligi, T., 1981; Abdu- Karimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari selektsiyasi, urug’chiligi va genetika asoslari, T., 1989; selektsiya yutuklariga oid qonunlar va me’yoriy hujjatlar to’plami, T., 2001; O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tav- siya etilgan qishloqxo’jaligi ekinlari ta’rifi, T., 2001. Bahodir Normatov.