SEKKIM

SEKKIM — Hindiston tarkibi- dagi shtat. Sharqiy Himolay tog’larida. Nepal, Butan va Xitoy b-n chegaradosh. Mayd. 7,3 ming km2. Aholisi 576 ming kishi (2001), asosan, bxotiya, lepcha, ne- pali, ingliz tilida so’zlashadi. Lepcha va bxotiyalar (30,8%) buddizm (lamaizm) diniga, kalgan xalqlarning ko’pchiligi (66,7%) induizm diniga e’tiqod qiladi. Ma’muriy markazi — Gangtok sh. S. hududi katta Himolay tog’larining Jan. yon bagrida, 1500 m dan balandda joylashgan. Eng baland joyi 8585 m. Chu- kur dare vodiysi ko’p. Eng yirik daryosi — Tista. Iqlimi subekvatorial, sernam, tog’iqlimi. Yillik yog’in 3000-4000 mm, shim.da 500 mm gacha. Gangktokda yanv.ning o’rtacha t-rasi g, iyulniki 19°.Balandlik mintaqalari yaqqol ko’zga tashlanadi. 4000 m balandlikkacha barg to’kuvchi va igna bargli o’rmonlar, undan yuqorisi Alp o’tloqlari. 16-a.oxiridan S. hududiga tibetli- klar kirib kelgan. 18-a. oxirigacha S. Tibetga tobe bo’lgan. 19-a. 2-yarmidan 1946 y.gacha Angliya mustamlakasi. 1949 y.dan Hindiston protektorati. 1950 y.da Sekkim—Hindiston shartnomasiga muvofiq, Hindiston hukumati S.ning mudofaasi va hudud butunligini ta’- minlashni o’z zimmasiga oldi. 1973 y.dan barcha ma’muriy faoliyatlar Hindiston hukumati ixtiyoriga berildi. 1974 y. aprelda 1umumiy saylov o’tkazildi. 3 iyulda Konstitusiya qabul qilindi. 1974 y. sent.da S.ga Hindistonning uyushgan shtati maqomi berildi. 1975 y. maydan S. — Hindistonning 22shtati. S. — agrar shtat. Aholi dehqonchilik, chorvachilik va qisman yog’och tayyorlash b-n shug’ullanadi. Tog’oralig’idagi vodiylar va dare qayirlarida sholi, makkajo’xori, batat, soya, ziravorlar ekiladi. Bog’dorchilikda apelsin, olma, ananas, banan o’stiriladi. Choy plantasiyalari bor. S. jahon bozoriga kardamon etka – zib berish bo’yicha 1-o’rinni egallaydi. Chorvachilikda qoramol, qo’y boqiladi. Hunarmandchilikda uyro’zg’or buyumlari, qog’oz tayyorlanadi, gilam to’qiladi. Yog’och o’ymakorligi rivojlangan, kumush bu- yumlar yasaladi. Foydali qazilmalardan qo’rg’oshin, rux, mis rudalar kezib olina- Di. Rangpodagi KTda polimetall rudalar qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beruvchi, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Davlat kustar sanoat in-tida an’anaviy sanoat tarmoklarini rivoj- lantirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi. GESlar qurilgan. Turizm ri- vojlangan.