Saxa

Saxa (Yakutiya), Saxa Respublika- si — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Sibirning shim. da, hududining 1/3 qismidan ko’prog’I Shim. qutb doirasida joylashgan. Novaya Sibir o.larini o’z ichiga oladi. Mayd. 3103,2 ming km2. Aholisi 948,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Yakutsk sh. 33 tuman, 13 shahar va 62 shaharcha bor. Davlat tuzumi. S. — respublika. Re- spublika rahbari va ijroiya hokimiyat boshlig’i — prezident. Hokimiyatning oliy ijroiya organi — rais boshchili – gidagi hukumat. Qonun chiqaruvchi organ — ikki palata (respublika palatasi va vakillar palatasi)dan iborat Davlat Majlisi (Il Tumen). Tabiati. S. hududining 2/3 qismidan ko’prog’ini tog’va yassitog’liklar egal- lagan. Eng yirik tog’lari: yuqori yana, Cherskiy (Pobeda tog’i 3147 m — S. dagi eng baland nukta), ular orasi- da Yanaoymyakon tog’ligi bor. Jan.da Aldan tog’ligi, g’arbida O’rta Sibir yassitog’ligi, shim. va markazida Yanain- digirka, Kolima va Markaziy Yakutiya (Vilyuy) pasttekisliklari joylashgan. Foydali qazilmalardan oltin, olmos, temir rudasi, Island shpati, yonuvchi gaz, neft konlari bor. Iklimi keskin kon- tinental; kishi sovuq, 8 oy davom eta- Di. Yanv.ning o’rtacha t-rasi S. markazida -34°dan -50° gacha. Shim. yarim shar- ning eng sovuqjoylari: Verxoyanskoymya- kon (-72,2° gacha). Yozi qisqa, iliq. Iyul- ning o’rtacha t-rasi 18-19°. Yillik yog’in —200—700 mm. S. hududining yarmidan kupi Lena daryosi va uning irmoqdari — Al- dan, Vilyuy, Olyokma havzasida. Shim. da Anabar, Olenek, yana, Indigirka, Alazeya, Kolima daryolari oqadi. Daryo- lardan kema qatnovida, yog’och oqizishda, gidroenergiya olishda foydalaniladi. S.ning ko’p qismi abadiy muzloq erlar- dan iborat. Tog’li (muzlab yotgan) joy- larda tayga tuproklari va tog’tundra tuproklari uchraydi. Markaziy S.da chimli o’rmon, qumoq, allyuvialo’tloqi tuproqlar, qolgan joylarda tog’o’rmon va tundragleyli tuproklar tarqalgan. Hududning 9/10 qismi o’rmon (askari tilog’och) b-n qoplangan. Qutb tulkisi, Olmaxon, oq quyon, tulki, sobol kabi mo’ynali hayvonlar ovlanadi, suvlarida baliq ko’p. S. hududida Olyokma tabiiy qo’riqhonasi, Mom, Siine, UstVilyuy, Lena tabiiy bog’lari bor. Aholisi. Saxa (33,4%), rus (50,3%), ukrain (7%), tatar (1,6%), even, evenk, yukagir, chukcha va b. yashaydi. Shahar aholisi 64,2%. Respublikaning davlat tili — Saxa va rus tili. Dindorlar- ning aksariyati pravoslavlar. Yirik shaharlari — Yakutsk, Neryungri. Tarixi. S.da yuqori paleolit dav- ridan odam yashaydi. Mil. Dastlabki asrlarda S. hududiga evenklarning AJ- dodlari ko’chib kelgan. 10-15-a.larda Baykal atrofidan kelgan turkiy kabi- lalar b-n tub aholining aralashuvidan Saxa xalqi tarkib topgan. 17-a.ning 30y.larida S. Rossiyaga qo’shib olindi. 1632 y. ruslar Yakutsk qal’asini qurib, o’lkani boshqarish markaziga aylantir- Di. 19-a. 40ylarida Olyokma va Vitim daryolari bo’yida oltin konlari topil- Di. 19-20-a.larda podsho xukumati S.ni siyosiy mahbuslar surgun qilinadigan joyga aylantirdi. 1922 y.da Rossiya Federasiyasi tarkibida Yakutiya mux- tor sovet Resggublikasi tashkil etildi. Sovet hokimiyati bu o’lkaning bebaho tabiiy boyliklarini butun mamlakat iqgisodiyotiga xizmat qildirdi. 1990 sent.da respublikaning davlat suvereni- teti e’lon qilindi, 1991 y. okt.da Pre- zident lavozimi ta’sis etildi, 1991 y. dek.da nomi o’zgartirilib, S. (Yakutiya) Respublikasi deb ataladigan bo’ldi. Xo’jaligi. Konchilik va i.ch. sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Umumrossiya va jahon bozoriga noyob xom ashyo — mamont suyagi va bug’u shoxi et- kazib beradi. 1990-2000 y.larda yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 53,5%, q.x.ningulushi 2,9%, qurilishning ulu- shi 4,1%, transportning ulushi 3%, sav- doning ulushi 7,1% bo’ldi. Barcha korxo- nalarning 65,3% xususiy, 11,5% davlat- ga qarashli. Sanoatning asosiy tarmokla- ri: rangli metallurgiya (sanoat i.ch. umumiy hajmining 77,4%), yoqilg’I (10,3%), elektr energetika (7,4%), oziq-ovqat (2,2%), o’rmon, yogochsozlik va tsellyulozaqog’oz (0,7%), binokorlik materiallari sanoati (0,6%), mashina- sozlik va metall ishlash (0,4%), engil sanoat (0,2%). Energetika maxalliy ku- Mir, tabiiy gaz, gidroenergiya zaxira – lari va keltirilgan neft asosida ish- laydi (Vilyuy GES, Yakutiya, Neryungri va chulman GRESlari). Konchilik sano- atida olmos, oltin, qalay, surma, simob, volfram, ko’mir qazib olinadi. Jatay shaharchasida kemasozlik va kema ta’mir- lash z-Di, Lena va Olyokma tumanlarida o’rmon sanoati rivojlangan. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 27,8% dehqonchilikka, 72,2% chorva- chilikka to’g’ri keladi. S. hududining taxm. 900 ming gadan foydalaniladi. Bu erlarning asosiy qismi pichanzor va yaylov, 1/10 qismi haydaladi. Chorva- chiligida qoramol, ot, bug’u boqiladi, mo’ynabop darrandachilik va ovchilik (ol- Maxon, tulki, oq suvsar, ondatra, oq kuyon, sobol boqish va ovlash) rivojlangan; baliq ovlanadi. Dehqonchilikda g’alla (bug’doy, arpa, suli), kartoshka, sabzavot ekiladi. Transport ning barchaturlari mavjud. T.y. uzunligi — 165 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uz. 7190 km. Ichki suv yo’llari uz. — 11,7 ming km. Lena va Kolima daryolari quyilish joyida 2 ta dengiz porti (Tiksi va Ze- Leniy mis), Yakutskda xalqaro aeroport, Taas—Tumus—Yakutsk—Pokrovsk gaz quvurlari bor. Shim. dengiz yo’li bo’ylab kemalar qatnaydi. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. 1990y. lar oxirida S.da 5187 vrach aholiga tib- biy xizmat ko’rsatdi. S. sil kasallikla- ri i.t. instituti bor. 711 umumiy o’rta ta’lim maktabida 198 ming, 20 o’rta Max- sus o’quv yurtida 10,8 ming o’quvchi, 2 oliy o’quv yurti — S. davlat un-ti va q.x. aka- demiyasida 8,1 ming talaba ta’lim oldi. Rossiya FA Sibir bo’limining ilmiy markazi tarix, til va adabiyot, biolo- giya, shim. Fizikatexnika muammolari, Shim. konchiligi intlarini birlashti- radi. Rossiyadagi yagona muzloqshunoslik ilmiy tadqiqot in-ti shu erda joylash- gan. 10 sanatoriykurort muassasasi bor. Teleko’rsatuv va radioeshittirishlar Saxa va rus tillarida olib boriladi. Yakutskda telemarkaz ishlaydi. Adabiyoti Saxa xalqining qaxramonlik eposi — olonxo (Doston- lar turkumi), ertak va ko’shiklar, ta- rixiy rivoyatlardan boshlanadi. Ular- da saxalarning 8-9-a.lardagi hayoti, boshqa turkiy xalqlar b-n qo’shnichiligi, dushmanga qarshi kurashi aks etgan. Saxa yozma adabiyoti 20-a. boshlarida paydo bo’ldi. A.Kulakovskiy, A.Sofronov, N.Neustroev asarlarida Saxa xalqining uqubatli hayoti, og’ir mehnati tasvir- langan. 20y.larda dastlabki zamona- viy Doston va qissalar bosilib chikdi, hikoyanavislik rivojlandi (P.Oyunskiy, N.Neustroev, A.Ivanovkyunde va b.). 30y. larda Ellyay (S.Kulachikov), Ammaach- chigiya (N.Mordinov), Erilikeristin (S.Yakovlev), Omollon (D. Sivsev), A. Ku- Drin (Abachinskiy) kabi yozuvchilarning voyaga etishi Saxa adabiyotini ravnaq toptirdi. Ular o’zlarining nazmiy va dramatik asarlarida xalqning mehnati va hayotini haqqoniy tasvirladilar. 50—90y.larda Saxa adabiyoti Bolot bo- otur, P.Toburokov, S.Tarasov, S.Rufov, I.Danilov asarlari b-n boyidi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Saxalarning qad. turar joylari to’g’ri burchakli rejadagi yog’och o’tovlar va “bu- orjie” deb atalgan bostirmalardan iborat bo’lgan. Yozda sinchdan tiklanib, tomi qayin po’stlog’i b-n yopilgan “ura- sa” (chayla)da yashaganlar. 19-a.dan yog’och devorli uy (izba)lar urf bo’ldi. 17-a. da tik qadalgan uchli xodalardan qal’a (Ostrog)lar kurildi. Keyinchalik ular o’rnida Yakutsk, Vilyuysk, Olyokminsk, Verxoyansk, Srednekolimsk sh.lari pay- do bo’lib, 18-a.da g’ishtli binolar kuri- la boshladi. 19-20-a.larda S. er osti boyliklari o’zlashtirilishi munosabati b-n Aldan, lenek, Mirniy, Neryungri shlari qad. ko’tardi, ulardagi bino va inshootlar yirik blok, panel va pishik, g’ishtdan quriddi. 20-a.ning 2-yarmida Yakutskda rus drama teatri (1957, me’mo- ri I. Bondarev), aerovokzal (1963, me’- Mori N. Suxanov), un-t (1967, me’mori I.Bondarev) va b. kurildi. S. xududida neolit, jez va ilk te- Mir davrlariga oid sopol idishlar, bug’u shoxidan yasalgan badiiy buyumlar, qoyalarga ishlangan ov manzaralari to- pilgan. Xalq ijodkorligining har xil turlari (yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, zargarlik, mamont suyagi va morj tishi- dan badiiy buyum hamda haykalchalar, mo’ynadan naqshli kiyim va gilam yasash kabilar) b-n qadimdan shug’ullanib ke- lingan. Keyingi davrda professional tasviriy san’at rivojlana boshladi. 20-a.ning 30y.larida rassomlardan N.Nosov, I.Popov, V.Kandinskiy, P. Romanov, haykaltarosh P. Dobrinin, 50—80y.larda rang-tasvirchilardan L.Kim, L.Gabishev, F.Pavlov, A.Osipov, grafiklardan V.Vasilev, L.Neofitov, haykaltaroshlardan S.Egorov, K.Pshennikov, K. Gerasimov, Tammosov va b. ijod qildi. Amaliy bezak san’ati turlari qayta tiklandi. Musiqasi o’ziga xos yakkaxonlik, dav- ra qo’shiklaridan iborat. Olonxosut deb ataluvchi oqinlar murakkab olon- xo dostonlarini zo’r mahorat (goh er- taksimon cho’zib, goh jangovar jazava) b-n ijro etadilar. Ishqiy va raqsbop qo’shiqlar esa sho’xchan ohangda aytila- Di. Davra bo’lib tushiladigan raqslar osuoxay deb ataladi. Cholg’u asbobla- ri: kiriimpa (saxacha g’ijjak), xomus (saxacha chang qo’biz), kyupsyur (baraban) va b. 1920 y. Yakutskda simfonik or- kestr, 1921 y. musiqa studiyasi, 1936 y. S. milliy teatri xuzurida xor tash- kil etilgan. G.Grigoryan, G.Litinskiy, L.Vishkaryov, G.Komrakov, J.Batuev va b. kompozitorlar turli musiqa janr- larini rivojlantirdilar. Ijrochi- lar orasida dirijyorlar M.Benediktov, A.Kuleshov, G.Krivoshapko, G.Tanigin, opera rej. A.Egorova, xonandalar M.Lobanov, A.Ilina mashxur. Bir necha musiqa bilim yurti bor. Teatri. Saxa folklorida, ayniqsa, olonxo eposida teatr harakati unsurlari bo’lgan. 20-a. boshlarida badiiy havaskorlik rivoj- landi. Saxa tilidagi birinchi spetakl 1906 y. havaskor xalq oqinlari ijrosi- da sahnalashtirildi. 1920 y. Yakutskda rus drama teatri (hoz. Davlat drama te- atri) tashkil etildi. 1925 y. shu teatr qoshida Saxa truppasi ishlay boshladi, bu truppa 1926 y. millim teatrga aylan- tirildi. Unda mahalliy yozuvchilardan N.Neustroev, P.Oyunskiy, D.Sivsev, S.Efremov va b.larning p’esalari, xalq qahramonlik eposlari asosidagi asarlar qo’yildi. Yakutskda P. Oyunskiy nomida- gi drama teatri, Nyurbada sayyor drama teatri bor. Tanikdi teatr arboblari: V.Mestnikov, D.Xodulov, S.Grigorev, D.Slepsov, G.Kolesov va b.