So’m

So’m — 1) eng qadimgi atamalardan biri bo’lib, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida “S” pul solingan qopcha (xalta) ma’nosida qo’llanilgan. 14-a.da Oltin O’rda xonligida og’irlik birligi bo’lib, muayyan og’irlikdagi kumush quyma (yombi) ni ifodalagan. 1920y.larda, O’zSSR tashkil etilganidan keyin sovet rubli banknotlari va xazina biletlari nomi- nalida ittifoqdosh respublikalarning milliy tillaridagi pul birliklari nomlari, jumladan “so’m” nomi yozil- gan holda chiqarilgan rubl O’zbekiston hududida muomalada “S” deb atalgan. 2) O’zbekiston Respublikasining pul bir- ligi. 1 S. q 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. S. O’zbekiston Respublikasi Pre- zidentining “O’zbekiston Respublikasi- ning millim valyutasini muomalaga ki- ritish to’g’risida”gi 1994 y. 16 iyundagi farmoni bilan 1994 y.ning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to’lov vositasi sifatida mu- omalaga chiqarilgan. Muomalaga 1994 y.da 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so’mlik, 1997 y. 1 martdan 200 so’mlik, 2000 y. 1 iyuldan 500 so’mlik, 2001 y. 1 sentyabrdan 1000 so’mlik bank- notlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 so’m qiymatidagi tangalar muoma- laga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi Yubi- Ley tangalar esa turli sanalar nishonla- nishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (q. Tanga). S.ning muomalaga kiritili- shi O’zbekiston pul muomalasi va hisobkitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivoj- lantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta pul belgilarini muoma- laga chiqarish va uning barqarorligini ta’minlashni O’zbekiston Respublika- sining Markaziy banki amalga oshiradi. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari 1020 so’m 07 tiyin (2004 y.,iyun). Fayzulla Mullajonov.