So’zlashuv tili

So’zlashuv tili — og’zaki adabiy til turlaridan biri; kundalik turmush- dagi aloqaaralashuv uchun xizmat qiladi, muomala va ta’sir ko’rsatish vazifasini bajaradi. Milliy aloqaaralashuv vosi- tasi sifatida millatning shakllanish davrida vujudga keladi. St. adabiy til- ning yashash, amal qilish shakli sifatida uning asosiy belgilariga (laxjalardan ustun turish, barqarorlik, me’yoriy- lik, qo’llanish sohasining kengligi) ega bo’ladi. S.t.tarixiy kategoriya. S.t.ning turli milliy. tillardagi tarixi uning og’zaki shaklda mavjud bo’lganligi tu- fayli manbalarda qayd etilmagan. St. bir qator o’ziga xos belgilari bilan, jumladan, oldindan o’ylash va til materialini oldindan tanlab olish- ning bo’lmasligi, nutqiy aloqaning suhbatdoshlar orasida bevosita bo’lishi, nutq jarayonining erkinligi, rasmiy- likdan holi bo’lishi va sh. k. bilan AJ- ralib turadi. Tilning barcha sohalari (fonetika, morfologiya, leksika va b.) bo’yicha ham S.t. ning alohida xususiyat- lari bor. Mas, fonetika bo’yicha bu narsa o’ziga xos talaffuzda ko’rinsa, leksikada uning o’ziga xos so’zlarga (argolar, jar- gonlar, dialektizmlar va b.ga) egaligida namoyon bo’ladi. S.t. xizmat ko’rsatadigan aloqaaralashuv jarayonida nafaqat sof lisoniy vositalarning o’zi, balki qo’l va yuz bilan qilinadigan imoishoralar- ning ham katta ahamiyati bor: bunday imoishoralar so’zlovchi nutqining yanada aniq va ta’sirchan bo’lishini ta’minlay- Di, pauza yoki ayrim so’zlar va fikrlar o’rnini bosadi. S.t. unsurlari badiiy adabiyotda ham, uning ta’sirchanligini oshirish, mahalliy koloritni ko’rsatish maqsadida ham keng qo’llanadi.