Sug’d
Sug’d, So’g’d, Sug’ud O’rta Osiyodagi qad. Tarixiy-madaniy viloyat. Ilk Mar- ta Axomaniylar sulolasi vakillari- ning qoyatosh xotirot bitiklarida Sugu- da shaklida qad. Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamla- kat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida — Sogdianoy. Bu shakl yunonlar tomonidan so’z tarkibidagi — anaka — tegishlilik, mansublik ma’no- sini bildiruvchi nisbat qo’shimchasini so’z o’zagiga qo’shib yuborishdan paydo bo’lgan. Xitoy manbalarida — suli. S. yozuvi yodgorliklari mamlakat nomini S. yoki Sg’ud shaklida ko’rsatadi. Sug’dik yoki Sg’udik, Sug’diyonak — Sg’udiyonak shak- llari “Sug’dga tegishli”, “sug’diy” kabi ma’nolarda qo’llanadi. Urta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamla- kat nomini “S.”shaklida qo’llaydi. “S.”so’zining ma’nosi fanda tur- licha talqin qilib kelinadi. Mac, So’ch —G’G’so’z — “kuymoq, yonmoq, porlamoq” deb izohlangan. Bundan S.ni “Muqaddas ilohiy olov (zardushtiylik tasavvuri- ga ko’ra) bilan poklangan er” kabi ma’- noda talqin etishga harakat qilingan (V. Tomashek). Yana bir izohga ko’ra, “S.» so’zi sernam, unumdor er deb tushuni- ladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yig’iladigan er “S, Sug’ut” deb atalishi- ni dalil qilib ko’rsatiladi. Avestola S. mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. “Ardvisura Yashti” —(“Obon Yasht”) va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Pa- ruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlarini eltadi, deya ta’kid- lanadi. Avestoning Videvdat naskida esa Axuramazda yaratgan ezgu yurtlardan biri Gava deyiladi va u erda sugdlar yashaydi deb ko’rsatiladi. S. mamlakati (poytaxti — Samarqand, 645-654 y.larda Kesh) 3 tarixiygeogra- FIK hududni birlashtirgan. Samarqand Si, Buxoro Si va KeshNaxshab Si. Har 3 qism o’zaro tabiiy chegaraga ham ega edi: Zarafshon tog’tizmalari Samarqand va KeshNaxshab o’rtasini Karmanadan keyin Malik cho’li Buxoro va Samarqand sini ajratib turgan. Buyuk ipak yo’lining Markaziy tar- moklari S orqali o’tgan. Natijada S xalqaro savdo munosabatlarida muhim o’rin tuta boshlagan. Buyuk ipak yo’li bo’ylab S savdogarlarining qishloqlari, shaharlarida esa ularning mahallalari paydo bo’lgan. S. tili xalqaro til ro- lini o’ynagan. Bu hol Xitoy sayyohlari tomonidan S.ning chegaralari haqida noto’g’ri tasavvurlar hosil qilgan (Syu – an Szan). S. mil. AV. 6-2-1-a.larda avval axa- moniylarga, so’ngra makedoniyalik Alek- sandr tuzgan saltanatga, uning davom- chisi Salavk davlatiga, Yunonbaqtriyaga tobe bo’lgan. Mil. AV. 2-1-a.lardan boshlab S o’z mustaqilligini tiklashga kirishgan. Uning Markaziy va mahalliy tangalari zarb qilina boshlagan. S. asta- sekin har 3 qismni o’z atrofiga to’plagan konfederativ davlat uyushmasiga ayla- nib borgan. Mil. 1ming yillikning 1-yarmida S. Kushonlar, xioniylar, abdallar, ki- darlar ta’sirida bo’la turib, o’z nisbiy mustaqilligini saklab keldi. S. konfe- derasiyasi mil. 6-a. o’rtalaridan 8-a.ning boshlarigacha siyosiy jihatdan kuchayib borgan. Arab istilosining boshlang’ich davridan (8-a.ning 1choragi), to S. pod- shosi Turg’ar davri oxirigacha (738-759 y.lar) S o’zining konfederativ xususiya- tini sakdashga harakat qilgan. Turg’ardan keyin S.da ixshidlik siyosiy hokimiyat tugab, mamlakat xalifalik tarkibiga singdirilgan. Ad.:S Mir Nova o. I ., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1971; Ishoqov M., Sug’diyona tarix chorrahasida, T., 1990; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Eshov B., Sug’diyona tari- Xidan lavhalar, T., 2002. Mirsodiq Ishoqov.