Suv ombori

Suv ombori — to’g’onlar yor- damida suvni yig’ish va saklash uchun quriladigan sun’iy suv havzasi. Kom- pleks foydalanishga mo’ljallangan S. o. xalq xo’jaligidagi bir qancha tarmoqlar (sug’orish, suv ta’mino- ti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kura- shish va b.) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida Daryo oqimlarining o’zgarib turishi va uning hudud bo’ylab notekis taqsimlanganligi S.o. barpo etishga za- rurat tug’diradi. S.o. oqimni fasllar va yillar bo’yicha tartibga soladi, kanal va b. suv o’tkazish inshootlari bilan birga hududlar bo’ylab qayta taqsimlashga im- koniyat yaratadi. S.o. katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgani sababli 20-a. oxiriga qadar Ev- ropa, Osiyo, Afrika, shim. va Jan. Ame- Rika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi Ouenfols (hajmi 250 km3, suv yuzasi mayd. 69000 km2), ka- nadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) S.o. jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi. O’rta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sugorish, energe- tika va suv ta’minotini yaxshilash uchun quriladi. O’rta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m3. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv ombor- lari (To’xtag’ul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamo’yin va b.) qurilgan (q. jadval). Suv omborlari qurilishi natijasida O’zbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq erda sug’orma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Suv xo’jaligi maqsadlarida bar- po etiladigan S.o.ning to’liq hajmi Z qismdan: foydalanib bo’lmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal bo’shatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib bo’lmaydigan hajm to’liq hajmning bir qismi bo’lib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib bo’lmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi) ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyi- ladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini o’tkazib yuborishga xizmat qiladi. So. Daryo oqimini mavsumiy va ko’p yillik tartibga soladigan turlarga bo’linadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik to’lish va sarflanish tsikliga ega. Oqimni ko’p yillik tartibga so- luvchi so. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yig’ib, suv kam bo’lgan yillarda esa yig’ilgan suvdan foydalanishga im- kon beradi. O’rta Osiyo hududidagi so. dan sug’orish mavsumida suv foydalanib bo’lmaydigan hajm darajasigacha olina- Di. Ko’pincha vegetasiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan S.o.ning foydali hajmi to’la ishlatiladi. Havzaning joylashishiga qarab Daryo o’zanidagi (to’g’on o’zanni va vodiyda- gi oqimning bir qismini to’sadi) va to’ldiril ad i gan S. o.ga (o’zandan chet- dagi tabiiy yoki sun’iy havzadan foy- dalaniladi) bo’linadi. S.o.dagi asosiy inshootlar — to’g’on (suvni to’suvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni ta’minlay- Di). To’ldiriladigan S.o.da, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham bo’ladi (q. Kattaqo’rg’on suv ombori). So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Ba’zi hollarda loyqa bilan to’lishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda to’g’on qurilgandan so’ng oqiziqlarshg’t cho’kishi sabab bo’ladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, sha- mol va suv eroziyasi mahsulotlari. O’rta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqo’rg’on Co. 20 yilda 60 mln. m3, G’uzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m3, Janu- biy Surxon S.o.ning to’rtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan to’ddi; Sirdaryoda- gi Uchqo’rg’on S.o. hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi. Co. ning loyqa bosishiga qarshi ku- rashda quyidagi choralar qo’llanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaktida so.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa Daryo suvi katta tezlikda o’tkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, so’ngra cho’kib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsna- ryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yo’lida okiziklarni cho’ktiradigan tin- dirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar ko’p bo’lgan loyqa oqim to’g’on tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi (yana q. Suv xo’jaligi). Ad.: Husanxo’jaev Z.X., Gidrotexni- ka inshootlari, T., 1978; Vodoxraniliha mira, M., 1979; Avakya n A.B., Saltankin V.P., Sharapov V.A., Vodoxraniliha, M., 1987; Nikitin A.M., Vodoxraniliha Sredney Azii, L., 1991; Hikmatov F.H., Sirliboeva Z.R., Aytbaev D.P., Ko’llar va suv omborlari, T., 2000. Abbos Sodiqov.