Suv muhofaza zonasi
Suv muhofaza zonasi – Daryo, kanal, suv ombori va b. suv manbalarini eroziya mahsulotlari, kasal tarqatuvchi mikroorganizmlar, kimyoviy va organic moddalar bilan ifloslanishdan saklash uchun xizmat qiladigan tabiiy o’rmon yoki ekilgan daraxtzor mintaqasi. S.m.z. ning kengligi bir necha yuz metrdan o’nlab kilometrgacha bo’lishi mumkin. S.m.z. da o’rmon xo’jaligini yuritish- ning maxsus tartibi joriy qilinadi: qo’riqlash kuchaytiriladi, yog’och tayyorlash maqsadlarida daraxt kesish taqiqlanadi, daraxtlarni faqat o’rmonzorlarni ti- klash, parvarishini yaxshilash uchungina kesishga ruxsat etiladi. O’rta Osiyoning daryolari — Amudaryo, Sirdaryo va ular- ning irmoqlari bo’ylab eni 400 m dan 20 km gacha bo’lgan o’nlab ming ga maydonda polosa taqiq zona tarzida ajratilgan. Ayniqsa, katta suv omborlari atrofida muhofaza zonalari barpo etishda tabi- iy va ekilgan daraxtzorlardan tashqari qishloq xo’jaligi. ekinlari ham eki- ladi. Bu joylarda xo’jalik ishlari suv havzasining ifloslanish xavfini ke- skin kamaytiradigan holda olib borila- Di; tuproq eroziyasiga qarshi almashlab ekish joriy qilinadi, keng marza va suv singdirgich kanallar kabi oddiy gidro- texnika inshootlaridan foydalanadi. Bevosita qirg’oq yaqinida erni haydash, chorva boqish va chorvachilik binolari qurish taqiklanadi. Mac, Kattaqo’rg’on suv omborining S.m.z. deyarli 4 ming ga maydonni egallaydi, undan 3,5 ming ga maydonda daraxtzorlar barpo etilgan (1000 ga ortig’i pistazor). Qayroqqum, Jan. Surxon, Toshkent va b. suv ombor- lari atrofida ham katta S.m.z. tashkil etilgan. Yangi (Chorvoq, Norak, To’xtag’ul, Oqtepa, Tuyamo’yin, Rog’un va b.) suv om- borlari atrofida ham S.m.z. barpo etil- gan (q. Suv muhofaza o’rmonlari). Ad.: Raxmanov V.V., Vodoreguliruyuhaya rol Lesov, L., 1975; Raxmanov V.V., Les- Naya gidrologiya, M., 1981.