Sut bezlari

Sut bezlari — urg’ochi sut Emi- zuvchilar, jumladan, odamda laktasiya davrida sut ishlab chiqaradigan bez- lar. Erkak hayvonlarning S.b. hayoti davomida rudiment holatda bo’ladi (q. Rudimetar organlar). S.b. embiri- ogenezning ilk davrida juft epite- liy yo’g’onlashuvi shaklida murtakning qorin tomonidan “sut chizig’i” bo’ylab shakllana boshlaydi. Keyinchalik sut chizig’i alohida tugunchalarga bo’linib, ulardan S.b. hosil bo’ladi. Hayvonlarda S.b. kloakalilarda juda sodda tuzilgan; so’rg’ichlari bo’lmaydi; S.b. yo’li qorin tomonga ochiladi; bolasi ona hayvonning yungiga oqib chiqqan sutni yalaydi. Xal- talilar S.b.ning so’rg’ichlari xaltasiga ochiladi. Kitsimonlarning S.b. muskul- li maxsus cho’ntakda joylashgan; muskul- lar qisqarganida katta bosim ostida sut otilib chiqadi. S.b. soni (2 tadan 20 tagacha) va joylashishi har xil. Ko’p bo- lalaydigan hayvonlar (to’ng’izlar)da S.b. qorindan ko’krakgacha 2 qator bo’lib joy- lashgan. Fillar va primatlarda ko’krak qismida, tuyoqli hayvonlarda qorinning keyingi qismida bo’ladi. Yangi tug’ilgan hayvon S.b. yaxshi rivojlanmagan. Hayvon voyaga etish, bo’g’ozlik va laktasiya (emizish) davrida nerv va ichki sekresiya bezlari ta’sirida tez rivojlanadi. Odamda S.b. katta ko’krak muskul- lari ustida, ya’ni 3 va 6-qovurg’alar oralig’i sohasida joylashgan. Qizlar balog’atga etganida shakllana boshlab, homiladorlik va emizikli davrida to’liq rivojlanadi. O’rtacha og’irligi qizlarda 150-200 g, emizikli ayollarda 300-400 g. S.b. o’rtasida atrofi halqasimon dog’li so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ich uchiga 10-15 ta sut chiqarish yo’li teshiklari ochiladi. S.b. 15-20 ta bezli bo’lakchalardan ibo- rat; bo’lakchalar shakli, hajmi sekresiya fazasiga qarab o’zgarib turadi. Sut ichki sekresiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez va b.)da ishlab chiqariladigan gor- monlar ta’sirida hosil bo’ladi. S.b. bezli to’qima va yog’kletchatkasidan tash- kil topgan. Laktasiya davri tutagandan so’ng yog’kletchatkasi ko’payadi. S.b. kasal- liklari: mastit, mastopatiya, genekoma- stiya va b.