STRUKTURAVIY TILSHUNOSLIK

STRUKTURAVIY TILSHUNOSLIK — tilshunoslik yo’nalishlaridan biri; tilga nisbatan ilmiy karashlar va uni tadqiq etish usullari majmui. Tilni anik, ajralib turadigan struk- tur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va b.)ga ega bo’lgan belgilar tizimi tarzida tu- shunish va tilni qatiy (aniq fanlarga o’xshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur karashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. o’z nomini til struktu- rasiga bo’lgan alohida e’tibori tufay- li olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar doirasida ierarxik (pog’onali) bog’lanishda joylashgan va tartibga so- lingan elementlari o’rtasidagi munosa- batlarni ifodalaydi. Tilni struktur jixatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (o’zgarmas) bir- liklar (ran qoliplari, morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni anik, nutk,iy bo’laklar bilan munosabatini qat’iy qo’llanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi taxlilni ta- lab qiladi. St. g’oyalari asosida strukturaviy (formal) grammatika yuzaga keldi, mashi- na tarjimasi bilan bog’liq masalalar kun tartibiga olib chiqildi va ma’lum darajada o’z echimini topdi, tilshunos- likda matematik tadqiqot usullarining keng qo’llanishiga imkon tug’ildi. St. garchi 20-a.ning 20— 30y.larida alohida yo’nalish sifatida shakllangan bo’lsada, uning dastlabki kurtaklari qad. Hind tilshunosi Panini asarlarida, o’rta asrlardagi universal grammatikalarda, R.Dekart va g.V.Leybnisningfalsafiy- lingvistik grammatikalarida uchraydi. S.t.ning paydo bo’lishida I.A.Boduen de Kurtene, F.F.Fortunatov, E.Sepir, L.Blumfild, ayniqsa, F.tsesossyurning ilmiy izlanishlari va amaliy faoli- yati muhim rolo’ynagan. S.t. ning kon- tsepsiya va metodlari uning ayrim MAK- tablari (Praga lingvistik to’garagi — funktsional tilshunoslik; Kopenga- gen maktabi — glossematja; Amerika maktabi — deskriptiv tilshunoslik) hamda bu maktablarga mansub bo’lmagan E.Benvenist, A.Martine, L.Kurilovich, E.D.Polivanov va b. olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. S.t.ning 50y.largacha bo’lgan rivoj- lanish bosqichida tilni formal tav- siflash, uning mazmun jihatini inkor qilish, til tizimini matematik tizim sifatida tushunish ustunlik qilganligi sababli S.t. qatgaq tanqidga uchragan. 50y.lardan keyin esa lisoniy ma’no- ni o’rganish kuchayadi, ma’nomazmunni tavsiflashning struktur usullari ish- lab chiqiladi. Bu davrda fonologik tahlil usullari grammatika va Seman- TIKAga ko’chiriladi. S.t.ning o’zi esa yangi yo’nalishlarga kushilib ketib, 70y.larda alohida yo’nalish sifatida barham to- padi. S.t. ishlab chiqqan usullar adabi- yotshunoslik, etnologiya, psixologiya, an- tropologiya, san’atshunoslik kabi ijti- moiygumanitar fanlarda boshka usullar bilan yonmayon qo’llanmoqda. Ad.: Osnovnie napravleniya struktu- ralizma, M., 1964; Zasorina L.N., Vve- Denie v strukturnuyu lingvistiku, M., 1974; Revzin I.I., Sovremennaya struk- turnaya lingvistika, M., 1977.