Stress

Stress (ing. stress — bosim, kuch- lanish, tanglik) odam va hayvonlarda kuchli ta’sirotlar natijasida sodir bo’ladigan o’ta hayajonlanish, asabiylik xrlati. Organizmda har xil ta’dirot- larga nisbatan rivojlanadigan nomax- sus neyrogormonal reaktsiya. “S.”termi- nini kanadalik patolog g. Sele ta’rif- lab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim S holatiga olib keluvchi omilni stres- sorlar deb, ular ta’sirida organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarni moslashish (adaptasiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va b.) va psi- XIK (qo’rquv, qattiq tovush, o’ta xursand- chilik) stressorlar ajratiladi. Orga- nizmda bu omillar ta’sirini engishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, ta’sir etish mudda- ti, odam yoki hayvonning fiziologik si- stemasi va ruhiy holatiga bog’liq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, histuyg’u ko’pincha stressor vazifasini o’taydi va u fizik stressor ta’siriga zamin tug’diradi. Odamda bir xil kuchdagi S. ham xavfli, ham ijobiy bo’lishi mumkin. Shuning uchun ma’lum bir darajadagi S.larsiz faol hayot kechi- rib bo’lmaydi, chunki S.lar bo’lmasligi bu o’lim bilan barobar degan edi g.Sele. Demak, S.lar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham bo’lishi mumkin (eustress), bu holat organism imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy ta’sirotlarga chidamliligini oshira- Di (mas, infektsiyalar, qon yo’qotish va b.), ma’lum bir somatik kasalliklar (mas, yara kasalligi, allergiya, yurak ka- salliklari va b.) kechishini engillash- tiradi yoki bemorning ulardan form bo’lishiga yordam beradi. Zararli S.lar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, ko’pgina kasalliklarning kechishini og’irlashtiradi. S. ta’sirida kasalliklar paydo bo’lishida organizm- ning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Mas, gipertoniya kasalligi bilan og’rigan bemorda S. og’irroq, ya’ni giper- tonik krizlar bilan kechadi. G. Sele, S. natijasida rivojlana- digan kasalliklar yo stressorning kuchli ta’sir etishi, yoki gormonal tizimning “noto’g’ri” reaktsiya berishiga bog’liq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli bo’lmagan stressor ta’sirida yuzaga keladi. S.ning orga- nizmga ijobiy yoki salbiy ta’sir eti- shi organizmning ushbu stressorga nis- batan reaktsiyasiga bog’liq. S. xrlatini faol o’zgartirishga qaratilgan choralar organizm chidamliligini oshiradi va natijada kasallik rivojlanmaydi yoki, aksincha, faol kurashish bo’lmasa, mosla- shish sindromi susayib, og’ir holatlarda organizmni nobud bo’lishigacha olib ke- lishi ham mumkin. Organizmdagi hamma o’zgarishlarni nazorat qilishda miyadagi katexolaminlar mikdori katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, nerv sistemasi orga-nizmning S.ga reaktsiya berish holatini belgilaydi (q. Neyrogumoral regulya- tsiya). Hoz. “S.”termini juda keng ma’- noda tushuniladi, mas, nerv sistema- si bo’lmagan quyi hayvonlar, hatto o’simliklarda ham suv mikdori yoki xa- rorat keskin o’zgarsa, ularda kechayotgan fiziologik jarayonlar buziladi. Muhsim Zokirov.