Stilistika

Stilistika (Yun. stylos — yozuv, xat tayokchasi), uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksikfrazeolo- gik, fonetik, morfologik, so’z yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funktsio- nal katlamlanishining mohiyati va o’ziga xosliklarini o’rganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma ada- biyotning xilmaxil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo’llash me’erlari va usullarini tavsif- lovchi tarmog’i. S.da parallel sinonimik til ifodalaridagi ma’noviy va ekspres- SIV nozikliklar, lisoniy birliklar- ning o’zaro munosabatdosh variantlari o’rganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun za- rur bo’lganini tanlab olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Zamonaviy S. turli lingvistik yo’nalishlar va maktablarda turlicha tushuniladi, shu bilan birga har bir nuqtai nazar, S.ning asosiy o’rganish mavzui bo’lmish uslubning serqirraligi sababli, o’z ob’ektiv asosiga ega. S. til me’yor (norma)lari bilan uzviy bog’likdir. S. o’z navbatida funktsional S, lisoniy birliklar S.si, matn S.si, badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si, ama- liy S, qiyosiy S, tarixiy S. kabi turlar- ga bo’linadi. Funktsional S. adabiy tilning o’z ta- rixan shakllangan ko’rinishlari (funk- tsionaluslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, ya’ni uslublar tizi- mini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi va tavsiflaydi. Funktsional S. nazariy tadqiqot mavzui sifatidagi adabiy til- ning asosiy funktsionaluslubiy birli- klarini tipologik tasniflash va ajra- tishning umumiy printsiplarini ishlab chiqadi. Lisoniy birliklar S. si adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, tur- li ma’noviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha satxlar birliklari- ning mavjud til me’yorlari nuqtai na- zaridan amal qilishi (qo’llanishi)ni o’rganadi. Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, Pa- rallel tuzilmalar, lug’aviy va sintak- tik sinonimlar)ning uslubiy bo’yog’ini chog’ishtirish muhim ahamiyatga ega. Liso- niy birliklar S.si bir tomondan funk- tsional S. bilan bevosita bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan matn S. siga juda yaqin turadi. Badiiy adabiyot (badiiy nutq) S. si tilning adabiyotda qanday qilib san’- at hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qo’llanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qo’shilishi usullarini aniklaydi. Ba- diiy asar S. si faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi o’ziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri bo’lgan tilning asardagi vazifa- sini aniklashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini o’rganish uning mavzuiga kirmaydi. Ko’pincha bir masalani S. ham, adabiyotshunoslik ham o’rganadi. Badiiy nutq S.si til Mate- rialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qiladi. Shuning uchun badiiy adabiyot S.sida eng muhim tadqiqot mavzui yozuv- chi va muayyan badiiy asar tilidan ibo- rat bo’ladi, ya’ni individual uslub mu- ammosi birinchi o’ringa qo’yiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodla- rining o’ziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik printsiplari ishlab chiqiladi. Qiyosiy S. — turli tillardagi US- lubiy hodisalarni qiyoslab o’rganish. Qiyosiy S. tarjima nazariyasi bilan uz- viy aloqadordir. Tarixiy S. tilning turli tarixiy davrlarda qo’llanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy me’yorlarining o’zgarib turi- shini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yo’llarini, adabiy til bilan badiiy nutqning o’zaro munosabatlari tarixini ham o’rganadi. Amaliy S. nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblanadi. S.ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va o’rganilishi G’arbda antik davrlarga, Sharkda esa o’rta asr- larga to’g’ri keladi. S. Sharq mamlakat- larida, jumladan, O’zbekistonda, gar- chi hozirgiday aloqida sog’a sifatida bo’lmasa ham, lekin tilshunoslik (gram- matika, lug’at), adabiyotshunoslik (ilmiy bade’, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiklik san’ati kabi fanlar tarkibida o’rgatib kelingan. O’tgan asrda O’zbekistonda S, ayniqsa umumiyfunktsional S. va badiiy adabi – yot S.si mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllana va rivojlana boshladi. Bunda Fitrat, Cho’lpon, Oybek, P. Qodirov kabi yozuvchilarning, M. Qo’shjonov, Q. Sama- dov, I. Qo’chqortoev, A. Shomaqsudov sin- Gari olimlarning hissalari katta. Ad.: Vinokur G. O., Izbrannie raboto’ po russkomu yaziku, M., 1959; Vinogradov V. V., Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika, M., 1963; Efimov A. I., Stilistika russkogo yazika, M., 1969; O’zbek tili stilistikasi, T., 1983. Abduvahob Madvaliev.