Soliq islohotlari

Soliq islohotlari – soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiklash- tirish asosida soliq yukini kamayti- rish, soliqqa tortishni soddalashti- rish, soliq yordamida iqtisodiy ri- vojlanishni ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirla- ri. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan S.i. strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish kontsepsiyasi aso- sida shakllanmoqda. 1991 y.dan boshlab O’zbekistonda o’tkazilgan Si. ni 3 aso- siy bosqichga bo’lish mumkin: 1-bosqich — 1991-94 y.larda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish; tamomila yangi soliqlar va to’lovlar tizimini bar- po etish va ularni xo’jalik amaliyotiga joriy etish; moliyaviy mablag’larni i. ch. infratuzilmasini rivojlantirish, o’z-o’zini strategik resurslar b-n ta’- minlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning o’sishi va i. ch. ning pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi pasayib ketmasligi va ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi. 2bosqich — 1995-99 y.larda soliq tizimini takomillashtirish va korxonalarga nisbatan soliq yukini ka- maytirish bo’yicha S.i. amalga oshiril- Di. Bu davrda soliqdarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 y.da qabul qilindi. 3bosqich — 2000 y.dan boshlb Si. qonunchilikka kiritilayotgan o’zgarishlar asosida fuqarolar va kor- xonalar uchun solik, yukini yanada ka- maytirish, ayrim soliq turlarini be- kor qilish, kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq tizi- mi tamoyillarini yanada to’liq ro’yobga chiqarish, jahon andozalariga mos soliq tizimini bosqichmabosqich barpo etishga yo’naltirilgan. Jahondagi rivojlangan mamlakat- larda S.i. davriy o’tkazib turiladi. Muayyan soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim turdagi solikdar ulushini oshirish yoki kamaytirish. soliq daromadlarini qayta taqsimlash va b. ko’rinishlarda amalga oshiriladi (q. Soliqlar). Toshpo’lat Mirzaev.