Somiylar, semitlar
Somiylar, semitlar [qad. Yahudiycha shem yoki sim (som) — Nug’ o’g’illaridan birining nomi] — 1) Old Osiyoda o’z davlatlarini barpo etgan va som tillarinmt ajdodi bo’lgan tillarda so’zlashgan qad. xalqlar (hozirgi S.ning otabobolari); 2) som tillari oilasiga kiradigan tillarda so’zlashadigan qad. va hoz. xalqlar. “S.”termini fanga 18-a.ning 80y. larida nemis olimlari A. L. Shlyo- tser va I. G. Eyxgorn tomonidan kiri- tilgan. “Bibliya”nknt “qadimiy ahd” qismida bir qancha xalqlar afsonaviy shajara asosida umumiy nom bilan “sim o’g’illari” deb atalgan. Biror xalqni S.ga kiritishning asosiy sharti som til- larida so’zlashganligi (yoki so’zlashishi) dir. Som tillari somx,om tillari oi- lasining bir tarmog’ini tashkil etadi. S. til jihatidan qad. Misrliklarga qardoshdir. Fandagi ma’lumotlarga ko’ra, S.ning ajdodlari qadimda Saxroi Kabirning shim. da yashagan deb taxmin qshshnadi. U erdan taxm. mil. AV. 5ming yillik bosh- larida iqlim sharoitlarining keskin o’zgarishi natijasida sharqqa qarab sil- jigan bo’lsalar kerak. Eng keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, mil. AV. 4ming yillik oxiri — 3ming yillik boshlarida S. katta guruh (Sharqiy va G’arbiy)ga bo’lingan (til- ga qarab). Sharqiy (shim.Sharqiy) guruh Jan. ikki Daryo oralig’ining shim. qismida joylashadi va shumerlar bi- lan qo’shiladi (mil. AV. 3ming yillik boshi). Bu guruh vakillari Akkad tili- da so’zlashgan. Mil. AV. 3ming yillik o’rtalarida akkadliklar Jan. ikki Daryo oralig’ining Jan. qismlariga kirib bo- radi, so’ngra S.ning shim.Sharqiy guruhi tili Shumer tilini siqib chiqaradi. Bu guruhning keyingi takdiri Akkad, Ossu- riya, Bobil tarixi bilan bog’liq. S. ning G’arbiy guruhi, o’z navbatida, 2 yoki 3 guruxga bo’linadi. Shim.g’arbiy guruhi Falastin, Suriya, shim. ikki Daryo oralig’iga 2 marta kelib joylash- gan bo’lib, uning vakillari amoriylar va xanaanlar, keyinchalik finikiylar va yahudiylar (mil. AV. 2ming yillik oxi- ridan) va S.ning alohida guruhi — ara- Meylar bo’lgan; arameylarning alohida qabilalari (xaldeylar) Jan. ikki Daryo oralig’iga siljigan va hattoki Tigr da – ryosi bo’ylarigacha kirib borgan. S.ning 3(Jan.Somiy) guruhi mil. AV. 2-ming yillikda Arabiston ya. o. hududini egal- lagan. Shu guruxning bir qismi u vak- tda Jan. Arabistondagi qad. Davlatlar (Mayna, Saba, Kataban, Xadramaut)ning aholisi (mainliklar, xadramautliklar, sabeyliklar, katabanliklar)ni tash- kil etgan. Bu guruh vakillari mil. AV. 1ming yillikda Efiopiya (Habashiston) ga tarqalgan bo’lishi ehtimol. Jan. S.ning shim. guruhi mil. AV. 2 va 1 ming yillikda lixyoniylar, Samud va b. dan iborat bo’lgan, mil. AV. 1ming yillik boshlarida ular bir umumiy nom bilan arablar deb atalgan. Arablarning Ara- biston ya. o. dan boshqa mamlakatlarga chiqishi (mil. 7-a.) S. ning keng miqyosda tarqalishidan biri hisoblanadi. Hozir Somiy tilida so’zlashadigan xalqlarga: arablar, Jan. Arabistonda yashaydigan Janubiy S.ning Jan. kichik guruxi AV- lodlari (maxri va shaxrilar, Sokotra o. axoliey), Efiopiyada yashaydigan amxara va b. xalqdar, Isroil yaxudiylari, Suriya- liklar kiradi. Ad.:Dyakonov I.M., Semitoxamit- skie yaziki, M., 1965; Krachkovskiy I. Yu., Ocherki po istorii russkoy arabistiki, Soch., t. 5, M.—L., 1958; Krimskiy A., Semitskie yaziki i narodi, t. 2-3, M., 1909-1912. Javli Tursunov.