Spazmofiliya
Spazmofiliya (Yun. spasmos — tortishish va philia — moyillik), shay- tonlash — qonda kaltsiy mikdorining kamayishi natijasida paydo bo’lib, vaqtvaqtida shaytonlab qolish bilan kechadigan kasallik. Odatda, 2 yoshga- cha bo’lgan bolalarda, ayniqsa bahorda ko’proq kuzatiladi. Bolani yaxshi parvarish qilmaslik, noto’g’ri emizish, toza havoda kam olib yurish Sning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Kasallikning yashirin va ochiq shakli bor. Yashirin shakli bola ne- rvining o’ta qo’zg’aluvchanligi bilan xarakterlanadi. Boshqa kasalliklar qo’shilganda, ayniqsa raxit zo’rayganda ochiq shaklga o’tadi, bunda har xil mu- skullarda tortishish va tirishish ro’y be- radi. Ko’pincha bola chinqirib yig’laganda tovush yorig’i torayib, muskullari torti- shib qoladi (spazm). Ba’zi bolalarda qo’l va oyoq panjasi muskullarining tortishishi kuzatilib, bu bir necha soatdan bir necha kungacha cho’zilishi mumkin. Shaytonlash paytida bola- ning hushdan ketishi Sning xavfli ko’rinishidir. Dastlab bolaning rangi oqarib, yuz muskullari ucha boshlaydi, so’ngra umumiy shaytonlash boshlanadi. Bolaning boshi orqaga tortib ketadi, og’zidan so’lak oqadi, lablari ko’karadi, nafasi o’zgaradi, beixtiyor siyib yubo- radi va ichi ketadi. Talvasa bir kunda bir necha marta tutib, har safar 20-30 min.gacha davom etishi mumkin. Odatda, bolada xurujdan so’ng hech qanday asorat qolmaydi. Ayrim hollarda nafas yoki yurak faoliyatining to’xtab qolishi nati- jasida o’lim ro’y berishi mumkin. Bolada tirishish paydo bo’lishi bi- lan vrach chaqirish lozim. Bolaning nafas olishi qiyinlashsa, vrach kelguncha unga toza havo yoki kislorod yostig’idan kislo- rod berish kerak. Xuruj paytida bola ba’zan tilini tishlab oladi yoki tili nafas yo’lini to’sib qo’yadi, shuning uchun bint bilan tilni tortib turgan ma’qul. S.ning oldini olishda bolani to’g’ri parvarish qilish, vrach tavsiya etgan parhez taomlar bilan ovqatlantirish, toza havoda olib yurish katta ahamiyatga ega.