Stsintillyatsion hisoblagich

Stsintillyatsion hisoblagich — yadro nurlanishla- ri va elementar zarralar (proton, ney- tron, elektron, ukvant, mezon va b.)ni qayd qiladigan asbob. Ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirida lyuminessentsiya hosil qiladigan modda — stsintillyator, yorug’lik chaqnashini elektr toki impul- siga aylantirib beruvchi asbob — foto- elektron ko’paytirgich va shu impule- larni qayd qiluvchi elektron tizimdan iborat. S.h.da zaryadlangan zarralar stsin- tillyatordan o’tib, uning atom va mole- kulalarini ionlash bilan birga, ularni uyg’otadi. Atomlar uyg’onmagan (dast- labki) holatiga o’tganda ular foton- lar chiqaradi. Fotonlar fotoelektron ko’paytirgich katodiga tushib, bu erdan elektronlarni urib chiqaradi, natija- da ko’paytirgich anodida elektr impul- si hosil bo’ladi, orta boradi va qayd qilinadi. Stsintillyator vazifasini turli (qattiq, suyuq va gazsimon) moddalar bajarishi mumkin. ukvantlarni qayd qilishda noorganik kristallar — Nal (Tl), Csl (T1), katta oqimli zarralarni qayd qilishda esa organik stsintillyator- lar ishlatiladi. Suyuq stsintillyatorlar bilan antineytrino va sekin neytron- lar qayd qilinadi.