Sug’d qoyasi

Sug’d qoyasi — makedoniyalik is- Kandar (Aleksandr)npng Turonzaminga qilgan yurishi davrida sug’dlar tomoni- dan mudofaa qilingan Navtaka yaqinidagi tog’qal’asi. Antik davr tarixchilari tog’ cho’qqilaridagi tabiiy himoya xususiyati- ga ega bo’lgan qal’a va qo’rg’onlarni “qoya” (Yun. “Petra”) deb ataganlar. 328-327 y.lar qishini Aleksandr Navtakada o’tkazgan. Bahorda esa S.q.ga yaqinlashgan. Sug’dlarning ko’pchiligi shu qoyaga qochib jon saqlagan. Sug’dlar u erga ancha vaqtga etadigan oziqovqat olib chiqishgan. Qish faslining seryog’in kelganligi qal’adagilarni suv bilan ta’minla- gan, makedoniyaliklarni esa qal’aga yaqinlashishlariga to’sqinlik qilgan. Aleksandr qal’adagilarga muzokara olib borishni taklif etgan va S.q.ni topshi- rishsa ularni omon qoldirishini ayt- gan. Qamaldagilar “qal’ani olish uchun qanotli askarlar izlab topish kerak” deb, taklifni rad etishgani Aleksan- drning g’azabini keltirgan. Aleksandr kimki 1bo’lib qoyaga chiqsa 12 talant, 2,3 mukofotlarni, eng oxirida chiqqan askar 300 darik olishini e’lon qilgan. U qamal paytida tog’larga chiqishga mala- kasi bor 300 askarni qal’aga jo’natgan. Ular chodir tortishda ishlatiladigan mixlar tayyorlab, mixlarni muzga tiqib, ularga esa kanop arqonlar bog’lab, bir- biriga kumaklashib tong paytida hech kim qo’riqlamayotgan tik tog’cho’qqisiga ko’tarilganlar. Cho’qqiga ko’tarilishda 30 askar halok bo’lgan. Aleksandr qal’adagilarga jarchi yuborib vaqtni cho’zmaslikni, qanotli askarlar topil- gani, ular cho’qqini olganligini aytib tepadagi askarlarni ko’rsatgan. Sug’dlar bunday kutil magan hodisadan sarosima- ga tushib, qoyani juda ko’p odam egallagan deb o’ylab taslim bo’lishgan. Juda ko’p ayollar va bolalar, shu jumladan, Alek- sandrning hali hayot bo’lgan dushmanla- ri orasida eng kuchlisi hisoblangan va Sug’dda katta obro’ga ega bo’lgan Oksiar- tning xotini va bolalari asir olingan. Aleksandr bir ko’rishdayoq Oksiartning qizi Roxshanakni sevib qolishi, unga uylanishi shunga olib kelganki, oksi- Art, Arrianning yozishicha, “dadillanib” Aleksandrning qoshiga kelgan va uning dargohida izzatikrom ko’rgan. Bahodir Eshov.