Sabron, Savron
Sabron, Savron — Turkiston sh.ning shim.da mavjud bo’lgan qad. Shahar va viloyat. Maxmud Koshg’ariyning yozishi- cha, S. yirik turk qabilasi — o’g’uzlar qo’lida bo’lgan. S. 10-a.da kuchli chegara qal’a hisoblangan. Maqdisiyning yozi- shicha, u 7 qator devor b-n o’ralgan. 11-a. dan shahar bir necha asr o’z ahamiyatini yo’qotgan, chunki Chingizxon yurishla- ri haqidagi asarlarda S. umuman til- ga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-a.) ham uning ajamlar (Arab bo’lmagan xalqlar), ya’ni turkiy xalqlar shahri bo’lganligini ta’kidlaydi. S. o’tuzlar hududi b-n qo’shni turkiy qabila — ki- maklar (qipchoqlarning bir toifasi) eri chegarasida joylashgan bo’lib, ba- Land devorlar b-n ihota qilingan. 1065 y. S saljuqiy sultonlardan bo’lgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-a.da Jo’ji ulusining Sharqiy kismi — oq O’rdaga tobe bo’lgan. Amir Temurning Oltin O’rdaga kilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan. Shayboniylar davrida muhim stra- tegik qal’a hisoblangan. 16-a.ga kelib baland devor va chuqur xandaklar b-n o’ralgan mustahkam qal’a sifatida qayd etilgan. Mashhur avliyo Mir Arab S.lik bo’lgan. 200 ta hind qullari kavlagan, dunyoda tengi yo’q 2 ta koriz qurdirgan. Sdan 1 farsax narida bo’lgan korizning boshlanishi ustiga qal’a qurilgan. Suv, ho’kiz b-n aylantirilgan chig’ir orqali yuqoriga olib chiqilgan. 1582 y. Abdullaxon II shaharni egallagan, ka- nal qazish, dehqonchilik ishlarini yana yo’lga qo’ygan, lekin S. oz fursatdan so’ng qozokdar hukmronligiga o’tgan. Rossiya imperiyasining bosqini paytida qal’a sifatida mavjud bo’lmagan.