Sayg’oq, oqquyruq

Sayg’oq, oqquyruq (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Erkagi gavdasining uz. 110-140 sm gacha, bo’yi 80 sm, og’irligi 40 kg gacha. Urg’ochisi erkagidan kichik. Shoxi och sariq, uz. 40 sm gacha. Urg’ochisi shoxsiz. S. Mongoliya, G’arbiy Xitoyning chala cho’llarida, Qozog’iston, qalmiq cho’llari va quyi Volga, O’rta Osiyoning shim.da tarqalgan. Kattakatta poda bo’lib yashaydi, harakatchan,. 70— 80 km/soat tez- likda yuguradi. S. — cho’l va dashtning ti- pik hayvoni. U o’tlar b-n oziklanadi, qishda janub tomonga qarab ko’chadi. S. qor kalin tush- ganda ko’plab halok bo’ladi. Noyab.— dek. da juftlashadi. Bo’g’ozlik davri 5 oycha, boshqa tuyokli hayvonlardan farq qilgan holda ko’pincha 2 tadan bola tug’adi. Go’shti va terisi uchun ovlanadi. 20-a.ning bosh- larida S.ning soni keskin kamayib ket- ganligidan 1919 y.dan boshlab ovlash man etilgan. 1954 y.dan lisenziya bo’yicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovla- nadi. O’zbekistonda Sayg’oqli davlat bu- yurtma hududida ko’paytirilmoqda.