Salorlar, solurlar
Salorlar, solurlar (o’zlarini sa- Lir deb ataydilar) — Xitoydagi tur- kiy xalq. Asosan, TSinxay viloyatining Syunxua noxiyasida yashaydilar (90 ming kishi, 1990y.lar o’rtalari). Salor ti- Lidl so’zlashadi. Dindorlari — Musul- mon sunniylar. Xitoy yilnomalarida S. 14-a.dan tilga olingan. V. V. Bartold S.ning Turkmanistonda yashaydigan tur- kmanlar (o’g’uzlar) tarkibida bo’lgan Salor (salir) qabilasi b-n tarixan bog’likligini isbotlab berdi. Abultziy Bahodirxonning yozishicha, O’g’uzxonning o’g’li Tog’xonning 4 o’g’li bo’lib, kattasi- ning ismi salur edi. Hozir XXRda yashay- digan S.ning hayotida turkistonliklar, ayniqsa, o’zbeklar urfodati saqlanib qolgan. Mas, ular uylarining atrofi- ni, ko’chalarini va hovlilarini mevali daraxtlar ekib bog’ga aylantirishadi, uyjoy qurishda to’sinlarni bezatishadi, hovliga qaratilgan katta ayvon barpo etishadi, mahallalarda masjid solish- ga alohida e’tibor berishadi. Birgina Syunxua nohiyasida kattakichik 79 ta mas- jid mavjud. Ro’za va Qurbon hayitlarini katta tantana b-n o’tkazishadi. Xitoy xalqi b-n yaqin yashashiga qaramay Islom bo’yicha harom va makruq deb ko’rsatilgan narsalar eyilmaydi. Erkaklar oq yoki qora do’ppi kiyadilar. Yosh yigitlar oq ko’ylak, uning ustidan nimcha kiyisha- Di, bellariga qizil belbog’bog’lashadi. Katta yoshdagilar to’n kiyishadi. Qizlari qizil ko’ylak, uning ustidan qora nim- cha, do’ppi kiyishadi, qulog’iga bir necha halqadan iborat bo’lgan zirak taqadi. Yosh ayollar yashil, o’rta yoshdagilar qora, kat- ta yoshliklar oq rangli ro’mol o’raydilar. Nikohva motam marosimlari o’zbek va uyg’urlarga o’xshaydi. So’nggi yillarda S hayotida, ayniqsa, kiyinishida ancha o’zgarishlar paydo bo’lgan bo’lsada, mil- liylik qattiq saqlanib qolgan. S qadimdan dehqonchilik va chorvachi- lik b-n shug’ullanishgan. Savdogarlik, bog’bonlik, oltin qazish kabi kasblar ular hayotida katta o’rin tutadi. Ko’p oi- lalar hunarmandchilik b-n shug’ullanadi. 1954 y. 24 Fev.dan o’z muxtoriyat uezdiga ega.