Savdo

Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xiz- matlarni oldisotdi yo’li b-n ayirbosh- lash shakli. Bunda tovar xaridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oddin yoki keyin xizmatlar ko’rsatish, sotib olingan to- var yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va b. shartlashiladi; 2) sotuvchi- lar va xaridorlar o’rtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar i.ch. paydo bo’lishi b-n tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, ya’ni S. vujud- ga kelgan. Xalqxo’jaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olishsotish va ular b-n bog’liq xizmatlar ko’rsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshi- radigan tarmog’i. Ishlab chiqarish b-n iste’molni o’zaro bog’laydi, tovarlarni so’nggi iste’molchi (aholi)ga etkazishni ta’minlaydi. Ulgurji va chakana savdoga bo’linadi. Ulgurji S — tovarlarni i.ch. iste’moli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saklay- digan, ularni chakana S.ga, iste’molchi yoki b. savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana S. — bevo- Sita iste’molchining pul daromadlariga ayirboshlash yo’li b-n yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi is- te’molchiga xizmat ko’rsatadi. S. ichki va tashqi S.ga bo’linadi. Ichki S. bir mamla- kat doirasida tovar muomalasiga xizmat ko’rsatadi. Tashqi S. mamlakatlararo to- var muomalasini qamraydi. Sug’urta, tu- rizm, fraxt, bank faoliyati “ko’rinmas” (joriy harakatlar bo’yicha sezilmas) S.ga kiradi (yana q. Marketing).