Samuraylar

Samuraylar (yaponcha samurau — xizmat qilmoq) — o’rta asrlarda Yapo- niyada zodagonlar, mayda dvoryanlarning harbiy tabaqasi. Minamoto sulolasi davrida (1192-1333) alohida tabaqa bo’lib ko’zga ko’ringan, syogun (harbiy zo- Dagon hukmdor)lardan kelib chiqqan. To- kugava sulolasi vaktida (1603— 1867) esa, batamom tabaqa sifatida shakllan- gan. S.ning eng imtiyozli qatlamini xa- tamoto (ma’nosi “bayroq ostida”) tash- kil qilib, ular syogunlarning bevosita vassallari bo’lgan. S.ning asosiy qismi knyazlarning vassali edilar, ularning o’z eri bo’lmagan, knyazdan maosh sifati- da guruch olganlar. S.ning qonuni — bu- sido (ma’nosi “jangchi yo’li”) o’z egasi bo’lmish yirik zodagonlarga sodikdik- ni talab qilardi. S. uchun sharafli mashg’ulot faqat harbiy xizmat bo’lib, ular mehnatkash ommani mensimaslik, pisand qilmaslik ruhida tarbiyalan- gan edilar. Tokugava qonuniga binoan, S. harbiy tabaqa a’zolariga nisbatan o’zini nomunosib tutgan oddiy fuqaroni tezlik b-n o’ddirishi mumkin edi. To- kugava sulolasi hukmronligi davrida ichki urushlar to’xtaganda, S.ning harbiy otryadlari dehqon qo’zg’olonlarini bo- stirish b-n mashg’ul bo’lgan. Keyinchalik S.ga ehtiyoj kamayib borgan va ularning aksariyati hunarmandchilik va savdo b-n shug’ullana boshlagan. S. 1867— 68 y.lardagi inqilobda (Meydzi isin) muhim rol o’ynagan. Mazkur inqilobdan so’ng S. tabaqasi rasman bekor qilinsada, ular o’zlarining imtiyozli mavk,elarini sakdab qolgan. 1872-73 y.lardagi agrar qonunlar e’lon qilinganidan so’ng, S. yangi zamindorlar qatoriga o’tgan. Ar- miya va flotdagi zobitlarning aksariyati sobiq Sdan iborat edi. S.ning “jasora- ti”, an’analari (dushmanga asir tushmas- lik uchun o’zini o’zi o’ldirish — xaraki- ri)ni ulug’lovchi qonun, yangiyangi urush- larni qo’msash, irqchilik, bosqinchilik tashviqoti yapon hukmron doiralarining g’oyaviy quroliga aylangan. Yapon milita- ristlarini S. deb atash odat tusiga kir- gan. “S.”atamasi yapon harbiy doirala- riga nisbatan ishlatiladi. Ad.: Ocherki novoy istorii Yaponii (1640— 1917), M., 1958; Spevakovskiy A. B., Samurai — voennoe soslovie YAponii, M., 1981; Kuznesov Yu. D. i dr., Istoriya Yaponii, M., 1988. Temur G’iyosov.