Suvchechak
Suvchechak — o’tkir yuqumli ka- sallik; tra ko’tarilishi, teri hamda shilliq qavatlarga serozli pufakchalar toshishi bilan kechadi. Filtrlanuvchi viruslar qo’zg’atadi. Ko’pincha 10 yoshga- cha bo’lgan bolalarda uchraydi. Virus- lar bemor yo’talganda, gapirganda, aksa urganda havo orqali sog’odamga o’tadi. S. 6n og’rigan bola takror og’rimasligi mumkin. Inkubasion davri 10-21 kun (ko’pincha 14 kun). Dastlab bolaning darmoni quriydi, t-rasi 39-39,5° gacha ko’tariladi, yuziga, tanasining turli qismlariga toshma toshib, keyinchalik pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar tiniq suyuklikka to’la bo’lib, atrofi qizarib turadi. Ular aksari boshning sochli qismi, yuz, badan va oyoqqo’lga tarqaladi. Keyinchalik pufakchalar yori- lib o’rnida po’st hosil bo’ladi, 1-3 haftadan keyin po’stlar tushib ketadi, o’rnida chandiq qolmaydi. S. toshmasi badanning hamma qismiga bir vaktda emas, balki 1-2 kun orala- tib toshadi. Ba’zan ular og’iz, tomoq, burunhalqum shilliq pardasiga xam to- shishi mumkin. Har gal toshma toshishi oldidan bemor isitmalaydi, toshmalar qurib bitgach, harorat normallashadi. S asoratlari kam kuzatiladi. S. tosh- malari ko’z muguz pardasida bo’lsa, ke- ratit, tomoqda bo’lsa, laringit, zaifroq bolalarda — asbtsess, zotiljam, lim- fadenit, otit, saramas, flegmona paydo bo’lishi mumkin. Bemor ko’pincha uyda vrach nazorati- da davolanadi. Bola qashinib, terisini tirnab yubormasligi uchun tirnog’ini olib turish, qo’lini doim tozalab yuvib qo’yish zarur. Toshmalarga kaliy perman- ganat eritmasi yoki brilliant ko’ki sur- tiladi; og’zini dezinfektsiyalovchi erit- malar bilan chayib turish tavsiya etila- Di. S. juda yuqumli, shuning uchun bemor bolani alohidalab qo’yish lozim.