Sublitoral
Sublitoral (sub… va litoral) — okean va dengizlar tubining litoraldan bevosita pastrokda joylashgan qirg’oq bo’yi qismi. Suv kaytgandan keyingi suv sathidan suv osti o’simliklari o’sadigan eng pastki chegara (batial)gacha cho’zilgan. Suv havzasining tabiiy sharoitiga qarab S.ning kuyi chegarasi 40 m dan 150 m gacha chukurlikda yotadi. S. eni 10 yoki 100 m dan (Krra, bering, Oxota dengizlari) to 1500-2000 m gacha (Barents dengizi). S. dagi o’simliklar qo’ng’ir, kizil va ko’k suvo’tlardan, hayvonot dunyosi mollyuska- lar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ninaterililardan iborat. S. zonasidan umurtkasizlar ovlanadi. Ustrisasi, kra- blar, uzoq Sharq dengizlarida — Golo- turiyalar muhim ahamiyatga ega. Treska, piksha, kambala ham ovlanadi, dengiz ka- Rami yig’ib olinadi.