Subtropik g’o’zalar
Subtropik g’o’zalar, g’o’zaning subtropik shakllari — hozir ekilayot- gan g’uzaning yuksak darajada madaniy- lashtirilgan evolyusion shakllari. Ular xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan qariyb barcha belgi va ko’rsatkichlar bo’yicha uzoq tanlash va jahon paxtachiligining qimmatli genofondi mahsulidir. S.G’. uzoq yashamaydigan, simpodial va keskin simpodial yarim o’tsimon buta. Tukla- nish darajasi, barg plastinkasining kattaligi va shakli, chigitlarining tu- klanishi, tupining tipi, bo’gimlari oralig’ining uzunligi, simpodial shox- larining tipi, ko’saklarining kattali- gi va shakli, tolasining uzunligi, tola chiqishi va b. sifatlari o’zgarib turadi. Tolasi oq, och sariq, baquvvat va uzun; yov- voyi holda o’sish qobiliyatini yo’qotgan. S. g. turli kasalliklarga nisbatan eko- logik chidamliligi, hosildorligi, ko’sagining yirikligi, tolasining tex- nologik sifati yaxshiligi tufayli du- nyodagi g’o’za ekiladigan barcha mamlakat- larda keng tarqalgan. Arealning turli qismlarida agroekologik sharoitlarga ko’ra ekologikgeografik shakllarning o’sha joylar sharoitiga moslashgan gu- ruxlari, mas, Meksika g’o’zasintg Sharqiy Amerika, O’rta Osiyo, Shim. Xitoy, Jan. Afrika, Bolqon va b.da o’sadigan alohida guruxlari shakllangan. Abdumavlon Abdumaev.