Suvsiztov tizmasi
Suvsiztov tizmasi – Hisor tizmasining Jan. tarmoklaridan biri. Jan.g’arbdan shim.sharqqa yo’nalgan. Shim.Sharqda Sherobod daryosi uni boy- Sun tizmasidan ajratib turadi, Jan. g’arbda Ko’xitang tizmasining Jan. eta- klariga qadar cho’zilgan. Eng baland joyi 2127 m. Suvayirg’ich qismi, asosan, tekislangan yuzalardan iborat. Uning Jan.Sharqiy yon bag’ri Sherobod daryosi vodiysiga tik tushgan. Yuqori yura dav- ri ohaktoshlari, gips va tuzlarida karst relef shakllari (voronka, botiq, quduq, g’or va ko’llar) keng tarqalgan. Tektonik jihatdan tizma antiklinal struktura, paleogen, yura, bo’r davri ohaktoshlari, mergel, gips, gil, qumtosh, konglomerat, gipstuzlardan tashkil topgan. Iklimi keskin kontinental. Yilning o’rtacha kup yillik t-rasi 10-12°, yanv.ning o’rtacha t-rasi 0,5—g, iyulniki 25° gacha. Yillik yog’in 450-500 mm. Ko’p qismi ohaktoshlardan tashkil topganligi sa- babli er usti oqar suvlari kam, biroq uning yon bag’ri va etaklaridan ko’plab sersuv karst buloklari chiqadi. Bo’z tu- proklar tarqalgan. O’simliklardan, aso- san, efemer va efemeroidlar usadi. Yay- lov sifatida foydalaniladi.