Sulfolash
Sulfolash — sulfat kis- lota yoki ko’p mikdorda SO3 saklovchi oleum ta’sirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi o’rniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi. S. boshka elektrofil almashi- nish reaktsiyalariga (mas, nitrolash) karamaqarshi o’laroq qaytar reaktsiya- dir. Sulfoguruxning aromatik yadro- ning qaysi joyiga joylashishi reaktsiya sharoitiga bog’liq. Shuning uchun S.ni amalga oshirishda avval sulfolovchi vo- Sita tanlab olinadi. Yumshoq sharoitda S. uchun sulfat kislota yoki sulfat an- gidridning turli erituvchilar (xloro- form, suyuq oltingugurt (II) oksid)dagi eritmasi ishlatiladi. Sanoatda S. uchun, asosan, sulfat angidridning havo bi- lan aralashmasi qo’llanadi. Alifatik birikmalarga sulfoguruh, odatda, bilvosita usulda, chunonchi: ultrabinafsha nur vositasida ugle- vodorodlarga sulfit angidrid SO2 va xlor ta’sir ettirib kiritiladi. S. hosilalari kislotalar ta’siriga chi- damsiz. S. va sulfoxlorlash sulfokis- lotalar, ion almashtiruvchi smolalar va b. ishlab chiqarish.da keng qo’llanadi.