Sulh shartnomasi

Sulh shartnomasi – xalqaro shartnoma turi. S.sh. asosida urush to’xtatiladi, hududiy o’zgarishlar va davlat chegaralari qayd etiladi, boshqa siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar (qo’shinlarni olib chiqib ketish, harbiy asirlarni qaytarish, reparasiyalar va b. to’g’risida) hal qilinadi. S.sh. prelimi- nar (dastlabki) sulh yoki uzilkesil, umu- miy (urushgan hamma davlatlar shartno- ma qatnashchilari hisoblansa) sulh yoxud separat sulh (urushda qatnashgan davlat- larning ayrimlari o’rtasida shartnoma tuzilsa) ko’rinishida bo’lishi mumkin.