“Sunani Nasoiy”

“Sunani Nasoiy” – 6 ta ishon- chli hadis to’plamidan biri. Muhaddis Nasoiyning asari. Nasoiy birin- chi bo’lib “asSunan alkubro” (“katta hadislar to’plami”)ni yozgan. So’ngra Ram- la amirining iltimosiga binoan, uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga “as Sunan assug’ro” (“Kichik to’plam” yoki “almujtabo”, ya’ni “tanlangan hadislar to’plami”) deb nom qo’ygan. Ulamolar fikricha, “Su- Nan” nomi bilan yozilgan barcha hadis to’plamlaridagi hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. “Sunan”ga Imom Jalolud- din Suyutiy, Shayx Abulhasan Muhammad alhanafiy asSindiy va Shayx Sirojid- din Umar ashShofi’iy sharh bitgan.