Sulfgidrid guruhlar

Sulfgidrid guruhlar (tiol, SH guruxlari) — sulfid kislota H2S (vodorod sulfid)ning qoddig’i; nordon tuzlar g’amda organik birikmalar tarki- biga kiradi. S.g.ni sulfid kislota tar- kibidagi vodorodning organik radikal- lar yoki metallarga almashinishi orqali hosil qilish mumkin. Mas, kislotaga etilen oksid ta’sir ettirilsa, quyidagi birikmalar vujudga keladi: Agar kislotadagi vodorod o’rniga me- Tall almashinsa, gidrosulfidlar hosil bo’ladi. S.g. ning o’ziga xos xususiyati ularning osongina oksidlanib, disulfid —S— S— bog’lar hosil qilishi va qaytarilib SH guruxg’hriga aylanishidir. Shu bois- dan S.g. oksidlanishqaytarilish reaktsi- yalariga oson kirishadi. S.g. saklovchi glyutation (tripeptid), A kofermenti, tsistein (aminokislota) va tarkibida uning qoldig’ini saqlovchi oqsil moddalar organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o’ynaydi.