Salvey
Salvey — kechpishar shaftoli navi. AQSh da chiqarilgan. O’zbekiston va Tojikistonda tarqalgan. Daraxti baland o’sadi, 8 yoshligida balandligi 5-6 metrga yetadi, shox-shabbasining kengligi 4,5—5 metr, qalin, keng piramidasimon. Bargi mayda, to’q yashil, bandi qisqa. Guli mayda. Mevasi yirik, vazni o’rtacha 120 gramm, yumaloq, to’q sariq. Po’sti qalin tukli, yupqa, etidan qiyin ajraladi. Eti sariq, danagi atrofi qirmizi, shirasi o’rtacha, nordonshirin, yoqimli. Danagi o’rtacha, mag’zi Tahir. Mevasi sentabr o’rtalarida pishadi. Tarkibida 8-10% qand, 0,75% kislota bor. Ko’chati o’tqazilgandan keyin 3-yildan muntazam hosil bera boshlaydi. 6-7 yoshida har tupidan 60-70 kilogramm, yaxshi parvarish qilinganda 100 kilogramm hosil beradi. Hosiddorlik davri 12-15 yil. Sovuqqa bardoshi o’rtacha. Yangiligida iste’mol qilinadi, qoqi qilinadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida eng kechpishar navlaridan biri sifatida rayonlashtirilgan.