Saldo
Saldo (italyancha saldo — hisob-kitob; qoldiq) — 1) buxgalteriya hisobida muayyan davr uchun pul tushumlari va xarajatlar o’rtasidagi ayirma. Buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlarda Saldo har oyning birinchi sanasidagi holat bo’yicha aniklanadi. Jami summalar farqi debet va kredit, aktiv va passiv bo’yicha hisoblanadi. Saldo mazmuni hisobvaraq mazmuniga bog’liq, masalan, kassa hisobi Saldosi — korxona kassasidagi naqd pullar qoldig’i; savdo balansi Saldosi — mamlakat eksporti va importi qiymatlari o’rtasidagi farq; mamlakat to’lov balansi Saldosi — chet elga berilgan to’lovlar bilan chet eldan mablag tushumlari o’rtasidagi farq. Tushumlarning xarajatlardan ortiq bo’lishi ijobiy, aksincha bo’lsa, salbiy Saldo hisoblanadi; 2) birja operatsiyalarida mijozning brokerlik firmasidan yoki brokerlik firmasining mijozdan qarzi.