Salimov Oqil Umrzoqovich

Salimov Oqil Umrzoqovich (1928.24.12, Toshkent) — texni- ka sohasidagi olim, davlat arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1978), O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi FA akad. (1990), tex- Nika fanlari D-ri (1978), prof. (1978). O’rta Osiyo industrial in-tini tugatgan 1950), Moskva avtomobil z-Di (zil) da muhandis-texnolog (1950-53). ToshTU- da assistent, dosent, kafedra mudiri, dekan, prorektor (1953— 65), rector (1992-94). O’zbekiston KP Markaziy Komiteti fan va o’quv yurtlari bo’limi mudiri o’rinbosari, mudiri (1966-70), MK kotibi (1971 — 84), O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1984— 87), Toshkent irrigasiya va q.x.ni mexa- nizasiyalash muhandislari in-tida rek- tor (1987-92), O’zbekiston Respublika- si Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (1994-98). Ilmiy ishlari avtomobil- sozlikka doir. S. tadqiqotlari avtomo- bil dvigatelining quvvatini oshirib borish, yuqori foydalanish koeffisien- tiga ega bo’lgan yangi generatorni ishlab chiqish, mashina detallarining ko’p yilga chidamliligini oshirish va b.da muxim rol o’ynadi. O’zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga ta’lim mu- assasalarining moddiy-texnika bazasi- ni mustaxkamlashga malakali kadrlar etishtirishga S. muayyan qissa qo’shdi. S. “Do’stlik” (1996), “el-yurt hurmati” (1999) ordenlari b-n mukofotlangan.