Salisil kislota

Salisil kislota, o oksiben- zoy kislota,o karboksifenol, S7N6O3 — oddiy aromatik oksikislota, rangeiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyu- klanish t-rasi 159°, qaynash t-rasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. S.k.ni spirtlar (fenollar) b-n qizdirib, S.k. efirlari olinadi. Anilin b-n reaktsiyaga kirishganda Sali- tsilanilid hosil bo’ladi. S.k. sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega bo’lganligi uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni kon- servalashda ko’plab ishlatiladi. Anali- tik kimyoda ham qo’llanadi. S.k.ning me- til, izoamil, benzil, fenil kabi efir- lari muhim ahamiyatga ega. Tibbiyotda antiseptik, og’riqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtda- gi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. S.k. va sirka kislotaning murakkab efi- ri — aspirin.