Satira
Satira (lot. satira — Qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir ob’ekti- ni ayovsiz kulgi vositasi orkali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning o’ziga xos usuli bo’lib, unda jamiyatda- gi bema’ni, asossiz, noto’g’ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning Real ko’rinishini o’zgartirib, oshirib, bo’rttirib, mubolag’a qilish, keskinlash- tirish va shartlilikning boshqa ko’pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali S. ob’ektiga “ishlov” beriladi. S muallifi komiklikning boshqa turla- ridan {yumor, hikoya va b.) ham foydala- nishi mumkin, biroq S uchun salbiy Tue berib, keskin ifodalangan estetik ob’- ekt xarakterli hisoblanadi. S. Qad. Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik o’zining janriy xususiyat- larini yo’qota borib, ko’pgina janrlar {masal, epigramma, burleska, pamflet, feleton, komediya va satirik roman)ning o’ziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o’xshab qoladi. S. ijtimoiy ku- rashning eng muhim vositasi bo’lib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko’rsatadi. S.ning ma’naviy ta’sir kuchining o’tkirligi unda inkor qiluvchi kulgi orqali yaratil- gan idealning umumxalq va universal bo’lishi b-n belgilanadi. S.ning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va b. ij- timoiy illatlarga qaramaqarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg’ularni uyg’otish va qayta tiklashdan iborat. Sda muallifning individualligi kulgi ostiga olingan ob’ekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g’oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo’ladi. Satirik an’analar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon mada- niyatiga hissa bo’lib qo’shilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda “ming bir kecha” zaminida, sanskritcha “Panchatantra”, forscha xalq qissalari, turkumi, na- sriddin haqidagi turk va o’zbek latifa- lari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) slar ham Sharqda ko’pdan mashhur. Uning g’oyalari Xitoy novella- lari, fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari motivlari b-n sug’orilgan. Rus adabiyotida N.V./Gol, M.E. Sal- tikovshchedrin vab. S.ni yuksak bosqichga ko’tardilar. O’zbek adabiyotida S.ning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Al- dar ko’sa obrazlarida) yaratilgan, keyin- chalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. Na- voiy, turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Zavqiylar S. janrida ijod qildilar. S.ning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, G’ozi Yunus, So’fizoda, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N.Aminov, S. Siyoev va b. nomi b-n bog’liq. S. tasviriy san’atd a ham qadimdan ma’lum. Kdd. Rim, Xitoyda satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va b. ishlangan. Ras – somlik san’ati (jumladan, grafika)da rivojlangan. F. Goyya, O. Dome, X. Bid- strup va b. rassomlar ijodi S. rivoji- da muhim rol o’ynagan. O’zbekistonda S taraqqiyotiga “Mushtum” jur., “Jango- var kalam”, “O’zTAG oynasi” katta hissa qo’shgan. Yana q. Karikatura, Hajv.