Siyg’oqlik, siydik tuta olmaslik
Siyg’oqlik, siydik tuta olmaslik — siyish ehtiyoji bo’lmagan holda siydik chiqarish kanalidan beixtiyor siydik ajralishi; turli urologik, gine- kologik va nevrologik kasalliklarda ku- zatiladi. Doimiy (mutloq), qisman (nis- biy) hamda tungi S. tafovut qilinadi. Doimiy S.da siydik qovuqqa yig’ilmay, to’xtamasdan oqib turaveradi. Bu ko’pincha qovuq va siydik chiqarish kanalining nuqsonlarida bo’ladi. Qisman S.da siy- Dik beixtiyor oz-ozdan keladi. Kishi qattiq yo’talganida, kulganida, aksirga- nida yoki og’ir yuk ko’tarib zo’riqqanida siyib yuboradi. Bunday holat ko’pincha ayollarda tug’ruq chog’ida siydik yo’llari shikastlanishi oqibatida ro’y bera- Di. Tungi S. — uyquda beixtiyor siyib qo’yish, asosan, yosh bolalarda uchraydi. Bunga fimoz, tsistit, siydiktanosil organlari kasalliklari, shuningdek, Markaziy nerv sistemasidagi vaqtincha funktsional o’zgarishlar sabab bo’ladi va bola 12-16 yoshga etganda barham to- pishi ham mumkin. Biroq bunga befarq bo’lmay, iloji boricha tungi S. sababi- ni ertaroq aniqlash va, zarur bo’lsa, davo tadbirlarini ko’rish lozim; bu qancha barvaqt boshlansa, natija shuncha yaxshi bo’ladi. S.ning har qanday turida ham vrachga murojaat qilish zarur, u S.ga sa- bab bo’layotgan omillarni aniklaydi va tegishli davo muolajalarini buyuradi.