Silos

Silos (ispancha silos — erto’la, don saqlanadigan o’ra) — chorva mollari uchun o’simlik (makkajo’xori, kartosh- ka, kungaboqar, vikasuli aralashmala- ri, ildizmevalar, tabiiy pichanzorlar o’tlari, poliz ekinlari palaklari va b.) ko’k poyalarini havo kirmaydigan qilib konservalash yo’li b-n tayyorlanadigan ozuqa. Tarkibida karotin, vitamin S saqlanadi. To’g’ri tayyorlangan S. tarki- bida organik kislotalar, xususan, sut (2% gacha), sirka (0,6% gacha) kislotala- ri, ayrim turlarida propion, valeriana kislotalari mavjudligi tufayli o’ziga xos yoqimli hid va nordonroq mazaga ega. S. bostirish texnologiyasi buzilganda va noto’g’ri saqlanganda yog’kislotasi paydo bo’ladi. S. sifati undagi vodorod ionla- rining miqdori (rn)ga qarab aniqlanadi. Sifatli S. tarkibida r-n 4-4,2 bo’ladi. S.ning ozuqali qimmati o’simlik turi, o’rib olish vaqtidagi rivojlanish faza- si, tayyorlash texnologiyasi va saqlanish sharoitiga bog’liq. Yuqori sifatli S. tayyorlash uchun makkajo’xori doni sut- mum pishish davrida, kungaboqar gullay boshlashi, dukkaklilar dukkak tugishi- ning boshlanishi b-n o’riladi. 100 kg makkajo’xori silosida 20 ozuqa birli- gi, 1,4 kg hazm bo’ladigan protein, 150 g kaltsiy, 50 g fosfor, 1500 mg karotin, 100 kg kungaboqar S. ida 16 ozuqa birli- gi, 1,4 kg protein bor. O’zbekistonda S. bostirish 20-a. ning o’rtalaridan qo’llaniladi. S, aso- san, makkajo’xori, oq jo’xori poyasidan yoki poyasi va donidan tayyorlanadi. S. hayvonlarda ovqat hazm bo’lishini yax- shilaydi. Buzoklarga dukkakli, yumshoq boshoqsosh o’tlardan, cho’chqalarga qand lavlagi, sabzi, kartoshka, poliz ekinlar, makkajo’xori so’tasi va b. aralashmasi- dan, parrandalarga dukkakli o’tlar, sab- zi, qand lavlagi va b.dan tayyorlangan S. berish tavsiya etiladi. S, asosan, qishda, qurg’oqchil r-nlarda ezda beriladi. S. bostirishda ko’k poya silos kombay- ni yordamida o’riladi, 2-4-7 sm uzun- likda maydalanadi, so’ng silos inshoot- lariga joylanadi. Bostirilgan S. og’ir traktorlar b-n zichlanadi, ustiga poli- etilen plyonka yopilib, keyin 30-35 sm qalinlikda tuproqbn ko’miladi. To’g’ri tayyorlangan S.ning ozuqalik qimmati va vitaminlar deyarli to’la saqlanib qoladi. S. bostirish texnikasi buzil- sa (aynissa, zich bostirilmasa), aerob mikroorganizmlar jadal rivojlanadi, ozuqa o’z-o’zidan tez qiziydi; ozuqalik qimmati keskin pasayadi. S. ochilgach, kundalik rasionga loyiq miqdori olinib, so’ng darhol usti zich yopib qo’yilishi lozim. Aks holda havo ta’sirida oksidlanish jarayoni boshla- nib, ozuqa sifati buziladi. Sog’iladigan va so’qimga boqiladigan qoramollar ra- tsionida S. to’yimlilik bo’yicha 50% gacha, cho’chqalar rasionida 20% gacha bo’lishi mumkin. Katta yoshdagi krramollarga 1 kunda o’rtacha 15-20 kg, otlarga 10-12 kg, qo’ylarga 3-4 kg beriladi. Go’zal Ishimova, Ro’zimat Hamroqulov.