Sintaksis
Sintaksis (Yun. syntaxis — tu- zilma, tartib, birikma) — 1) nutq bir- liklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos bo’lgan vositalari va kridalari majmui; 2) grammatikaning so’zlarni so’z birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qo’shma gaplarga biri- kish usullarini o’rganuvchi, so’z birikma- lari va gaplarning tuzilishi, ma’nosi, o’zaro ta’sirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi bo’limi. “S.”termini so’z birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qo’llanishini qamrab oluvchi gram- matik qurilish ma’nosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning gramma- tik qurilishida S. juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita ki- shilarning muomalamulokrt jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi soda gap va qo’shma gap kabi til birliklari ki- radi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qo’shma ran voqeahodisalar orasida- gi aloqamunosabatni, ran bo’lagi esa voqeahodisa unsurlarining vazifalari- ni ifodalaydi. S. morfologiya b-n chambarchas bog’liqdir. S.da, xuddi morfologiya- da bo’lgani singari, so’z asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki so’z shakllari- ning so’z birikmasi va gaplarni tuzish- dagi ishtiroki jihatidan o’rganiladi. So’z birikmalari va gaplar tilning aso- siy sintaktik birliklari va ularning har biri o’z ichki xususiyatlariga egadir. Gap, gap bo’lagi, so’z birikmasi S.ning asosiy birliklaridir. Bularga keying paytlarda abzas, period, matn kabi bir- liklar ham kiritilmoqda. So’z birik- masi tobe aloqa (bog’lanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yor- damida ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zdan qosil bo’ladi va faqat ran tar- kibidagina amal qiladi. Gap S.ning Markaziy birligidir. U strukturse- mantik qolip va nutq birligi bo’lmish fikr sifatida o’rganiladi. Gap fikrni — tashqi olam b-n aloqa tufayli yuza- ga keladigan histuyg’ularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil so’zdan (“qorong’ilashmoqda”, “jimjitlik”), aksariyat hollarda esa bir necha so’zdan hosil bo’ladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususi- yatlariga ega bo’lgan o’zbek tilida gapdagi so’zlarning bog’lanish vositalari sifa- tida yordamchi so’zlar — ko’makchilar va bog’lovchilarni, suz tartibini, ohangni va b.ni ko’rsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bog’lanish vositalari, asosan, yordamchi so’zlar bo’lsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani so’z tartibi bajaradi. Hoz. S.da mavhum grammatik struktu- ra sifatida gap tushunchasi xamda mazkur strukturaning nutqda aniq voqealanishi vositalari sifatida ifoda tushunchasi farklanadi; shunga muvofik, ravishda gap nazariyasi va ifoda nazariyasi ham chegaralanadi. Gap Si doirasiga uni shakllantirishning usul va vositalari, ifoda Si doirasiga esa gapning actual bo’linishi vositalari hamda uning ma’- no strukturasi muammolari kiritiladi. S.da, shuningdek, gap bo’laklari ham o’rganiladi. Ular bosh (ega, kesim) va ik- kinchi darajali bo’laklar (to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol)dan iborat. Keyingi paytlarda kesim gapning asosi ekanli- gi, undalma, kirish so’z va kiritmalar- ga gapning uchinchi darajali bo’laklari maqomini berish masalalari ham ko’tarilmoqda. “S.”termini, garchi ayni hoz. ma’noda bo’lmasada, dastlab mil. AV. 3-a.da Yuno- nistonda stoiklar tomonidan qo’llangan. S.ning ilk printsiplarini yunon gram- matisti Apolloniy Diskol morfologik negizda, xususan, so’z turkumlari Si tar- zida asoslagan. S. tarixi Evropa va rus tilshunosliklarida bo’lganidek turkey tillarda (o’zbek tilida) ham o’ziga xos ri- vojlanish bosqichlarini o’tgan. Qomusiy alloma Mahmud Koshg’ariyning 11-a. da “Javoxir unnahvi Fi lugotitturk” (“Turkiy tillar sintaksisi kridala- ri”) asarini yaratganligi buning yaqqol isbotidir. 20-a.da o’zbek tili sintaksi- siga, qisman, sintaktik qurilishiga rus tilshunosligidagi nazariy tadqiqotlar ma’lum darajada ta’sir o’tkazgan. O’tgan asrda o’zbek tili sintaksisi sohasida Fitrat, Ayub G’ulomov, F. Abdulla- eV; G’. Abdurahmonov, M. Asqarova, A. Nurmonov, N. Mahmudov va b. jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ad:. O’zbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., O’zbek tilining nazariy fammatikasi. Sintak- sis, T., 1995. Abduvahob Madvaliev, Ibodulla Mirzaev.