Sulton

Sulton (Arab. — hukmdor, podshoh) — 1) musulmon davlatlari boshliqlarining unvoni. 10-a.da Islom mamlakatlarida xukmdor S. deb yuri- tilgan. Shohlar, xonlar va ularning farzandlari ismiga S so’zi qo’shib ay- tilgan. Rum sultonligi hukmdorlariga S. unvoni 11 a.ning 30y.laridan beri- la boshlangan. Mazkur unvonni 1-bo’lib saljuqiylardan bo’lgan To’g’rulbek 1038 y.da olgan va bu unvon 1055 y. Bag’dod zabt etilganidan so’ng xalifa tomonidan e’tirof etilgan. Usmon- li turk hukmdorlari, Xorazmshoxlar, G’aznaviylar singari mustaqil davlat hukmdorlari ham S. atamasi bilan ifo- dalangan. Mo’g’ul istilosidan keyin Chingizxon xonadonining har bir vakili S. deb atalgan. Temuriylar saltanatida ham keng iste’molda bo’lgan. Shaybo- niylarda S. hukmdorlar, sulola vakil- lariga berilgan. Jan. Arabiston va G’arbiy Afrikadagi yirik mulkdorlar, ba’zi qabila boshliklari, Hindiston va Indoneziyadagi ayrim hokimlar S. deb nomlangan. Marokashda 1957 y.gacha, Turkiyada 1922 y.gacha amalda bo’lgan; 2) kishi ismining tarkibiy qismi. Mas, Sulton Sanjar, Sulton Boyazid, Sulton Muhammad, Xalil Sulton, Ruqiya Sulton va b. Ad.: Petrosyan Yu.A., Osmanskaya im- periya, Moguhestvo i Gibel, M., 1990.