Sarbast

Sarbast (fors. — ozod, erkin) — o’zbek she’riyatidagi 3 she’riy tizimning biri. 20—30y.larda, yangi badiiy izla- nishlar jarayoni kechgan bir vaqtda turk, tatar va rus she’riyati ta’sirida o’zbek adabiyotiga kirib kelgan. O’rta asrlarda- gi diniyliturgiya she’riyatiga xos bo’lgan ozod she’r shakli dastlabki nemis ro- mantiklari, u. Uitmen va frantsuz sim- volistlari tomonidan qayta tiklanib, 20-a. jahon she’riyatida ommaviy Tue olgan. Frantsuz she’riyatida “verlibr”, rus she’riyatida “svobodniy Stix” deb atalgan bu she’r shakliga o’zbek shoirla- ri “S.”deb nom berdilar. Barmoq she’r tizimining ko’rinishlari bo’lgan oq she’r va erkin she’rdan farqli o’laroq, bu she’r shakllariga xos ritmik birlik, vazn, qofiya, turok, va b. unsurlarga ega emas. S.da xistuyg’uning obrazlashgan ifodasi bo’lishi, she’riy ohang (into- nasiya), so’z va iboralarning o’ziga xos qurilishi, she’riy sintaksis va she’riy san’at vosita (takror, akstakror, tovush tovlanmalari va b.)laridan mahorat b-n foydalanish muhim ahamiyatga ega. She’- riy nutqning bunday unsurlari mazmun b-n uyg’un bo’lgan holdagina S. emosio- nal ta’sir kuchiga ega bo’ladi. O’zbek she’- riyatida Oybek, Mirtemir, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim kabi shoir- lar S.ning yorqin namunalarini yaratgan- lar. Ad..Mamatova A. N., O’zbek she’riyati- da sarbast, T., 2000.