Sarkazm

Sarkazm (Yun. sarkasmos, sarkaro — aynan: go’shtni nimtalayman, porapo- ra qilaman) — komiklik turi, badiiy uslub vositalaridan biri; masxaralab fosh etuvchi murosasiz kulgi asosiga qurilgan fikrmulohaza. Zaharxanda, istehzoli achchiq kinoya. Biroq S.da ob’- ektga munosabat kinoyadagidek “yuvosh, beozor”, “hazil” shaklida bo’lmaydi, aksincha qahrg’azab, nafrat ohangi sezi- lib turadi. Unda ob’ektni er b-n yakson etuvchi, beomon, haqoratomuz baho ochiq va yalang’och ifodalanadi. S.da kinoyaga xos 2 ma’nolilik mavjud bo’ladi va shu xususiyati b-n to’g’ridanto’g’ri ayblanuvchi yoki haqorat etuvchi nuqtalardan farkla- nadi. Fosh etish S.ning xarakterli Xu- susiyatlaridan bo’lsada, rad etish uning asosiy mohiyati. Bunga ko’ra, S. kinoyadan va uning askiya, maynabozchilik, mazax, piching, tahqirlovchi kulgi kabi turlari- dan yuqori turadi. S. lirik va dramatic janrlarda, publisistika, yumoristik va hajviy asarlarda, shuningdek, notiklik san’atida keng qo’llaniladi. Adabiyot- shunoslikda S. antik davrdan ma’lum. J.Svift, Servantes, Gogol, Salti- kovshchedrin, Mayakovskiy, Hamza, AB- dulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Sayd Axmad va boshqalar Sdan samarali foydalanganlar.