Saxalin

Saxalin — Osiyoning Sharqiy qirg’okdari yonidagi Orol. RF Saxalin viloyati tarkibida. Uz. 948 km, eni 100 km ga yakin, mayd. 76,4 ming km2. S.ni ma- terikdan tatar bo’g’ozi ajratib turadi. Oxota va Yapon dengizlari b-n o’ralgan. Qirg’oklari bo’ylab cho’zilgan tog’lar (eng baland joyi — Lopatin tog’i, 1609 m) orasida pasttekisliklar joylashgan, shim. qismi tekislik. Tog’lar, asosan, qumtosh, slaneslar, metamorflashgan jinslar va qum gillardan tarkib top- gan. Orodda toshko’mir (g’arbiy qismida) va neft (shim.sharqida) konlari bor. Iqlimi mussonli iqlim. Jan.g’arbiy sohili Susima oqimi ta’sirida ancha iliq. Yiliga 400-750 mm yog’in yog’adi. Asosiy daryolari — Tim va Poronay. Tuproklari podzol, botqoq va allyuvial tuproklar. Er yuzasining aksari qismi o’rmon (oqqarag’ay, qoraqarag’ay, pakana kedr, tilog’och). O’rmonlar tagida bo’liq o’tlar o’sib yotadi. Orol g’arbida Kuril bambukzorlari uchraydi. Hayvonot dunyo- si Sibirnikiga o’xshash, lekin birmun- cha kambag’alroq. S. evropaliklarga 17-a. dan ma’lum bo’lsa ham uning Orol ekan- ligi fasat g.I.Nevelskiy ekspedisiya- si vaqtida (184849) aniqlandi. 1855 y. tuzilgan Rossiyayaponiya shartnomasida S. ikki davlat o’rtasidagi umumiy mulk deb belgilandi. 1875 y.ga kelib S.ni Rossiya butunlay egalladi. Rossiyaning mag’lubiyati b-n tugagan Rossiya—Yapo- niya urushidan so’ng ikki o’rtada tuzil- gan Portsmut sulh shartnomasiga (1905) ko’ra, Jan. S (50° sh. k.dan Jan.) Yaponi- yaga o’tdi. 1920-25 y.larda orolning shim. kismi ham Yaponiya tasarrufida bo’ldi, 1925 y. mayidan yana Rossiya tarkibida. 1932 y.dan dastlab uzoq Sharq o’lkasi tarkibiga, 1938 y.dan Xabarovsk o’lkasi tarkibiga kirgan Saxalin viloyati tash- kil etildi. 1945 y. Jan. Saxalinni ham Rossiya egalladi. Qrim (1945) va Potsdam (1945) konferentsiyalarining qarorlariga binoan Jan. Saxalin Ros- siyaga berilgan edi.