Sarhang

Sarhang (fors. — qo’shin boshlig’i) — 1) Xorazmshohlar davla- tida 500 otliq askardan tashkil topgan harbiy guruh qo’mondoni. S. saltanat oldidagi buyuk xizmatlari evaziga ma- lik darajasiga ko’tarilishi hamda mu- ayyan viloyatga hokimlik qilish imko- niyatiga ega bo’lgan; 2) Xiva xonligisa qal’alar atrofiga dushman otliqlari yo’lini to’sish maqsadida yog’och qoziklar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruv- chilarga rahbarlik qiluvchi shaxs S deb atalgan; 3) Usmonli turk imperiyasisa S. o’z mavqeiga ko’ra bo’lukboshidan yuqori lavozim hisoblangan. Mumtoz fors-tojik va o’zbek tili tarixiy-badiiy obidalarida S. umuman “lashkarboshi, sarkarda, boshliq” ma’- nolarini anglatgan. Xususan, soqchilar boshlig’i sarhangi devon, darvozabonlar rahbari sarhan gi navbat birikmalari b-n ifodalangan.