Spodumen

Spodumen (Yun. spodumentos — kulga aylangan, spodos — kul) — zan- jirli silikatlarning kichik sinfiga, piroksenlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi LiAl[Si2O6]. Mono- klin singoniyali; 1 — 10 sm, ba’zan 1 m va undan ortiq uzunlikdagi prizma- tik kristallar hosil qiladi. Kulrang, sarg’ish, yashil, pushti, ba’zan rangeiz bo’ladi. Shishasimon yaltiraydi. Tiniq pushti va binafsha rangpushti tusdagila- ri k u n ts i t, Zumrad rangyashili giddenit deb ataladi. Qattiqligi 6,5—7; zichligi 3,1—3,2 g/sm3. S. boshqa piroksenlar- dan nur sindirish ko’rsatkichining ki- chikligi bilan farklanadi. Granitli pegmatitlarda kvars, mikroklin, al- bit, berill, lepidolit, tantalit, ba’- zan pollusitlar bilan birga uchraydi. Tez o’zgaruvchan bo’lib, evkripit agre- gatlariga (LiAlSiO4) yoki albit bilan serisitga aylanadi. Nurash po’stida gilli minerallar hosil qiladi. S. li- tiy rudalarining asosiy minerallari- dir; kuntsit bilan giddenit qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Xorijda Mada- gaskar o., AQSh, Braziliya, Myanma va Afg’onistonda ma’lum. O’zbekistonda Chatqol, Ketmonchi, Lolabuloq, Oltintog’, Sulton Uvays tog’lari, Kirqbuloq pegma- titlarida o’rganilgan. S. xorijda elektr keramikasi ishlab chiqarish.da foydala- niladi. Tiniq, chiroyli rangli turlari bezak toshlar va hatto qimmatbaho tosh- lar sifatida ham ishlatiladi.