ZIYO SAMADIY
ZIYO SAMADIY (1914.15.4, Toldiqo’rg’on viloyati Panfilov qishlog’i) — uyg’ur yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi, zamonaviy uyg’ur adabiyoti asoschilaridan. Qozog’iston xalq yozuvchisi (1986). Sharqiy Turkistonda yashagan (1931-60). Gomindan hukumatiga qarshi ozodlik kurashida qatnashgan, qamalgan (1937-44). XXR Shinjon (Sintszyan) uyg’ur Muxtor Respublikasi madaniyat ishlari vaziri, yozuvchilar uyushmasi raisi (1950-57). 1957 yil Xitoy Kompartiyasi rahbarlarining siyosatiga qarshi chiqqani uchun hamma lavozimlardan bo’shatilgan va qurla viloyatiga og’ir jismoniy mehnat jabhasiga yuborilgan. 1961 yil Qozog’istonga qaytgan. She’rlari 1934 yildan “Ili gazeti” da bosilgan. Pyesalari (“Qonli dog'”, 1934; “Xitoy zindonlarida”, 1947; “Loshmon”, 1950; “Zulmga zavol”, 1952), tarixiy romanlari (“Moyimxon”, 1965; “Yillar siri”, to’rt kitobdan iborat, 1967-96; “G’ani Botir”, 1979; “Ahmad afandi”, 1977) da uyg’ur xalqining milliy ozodlik kurashi o’z ifodasini topgan. As: Moyimxon, T., 1972; yillar siri, roman, T., 1986.