Seul
Seul — Koreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi bo’yida, sariq dengiz qirg’og’idan 100 km ichkari- da. Iklimi mussonli iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi -6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yog’in 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). S. avanporti — Inchxon b-n birgalikda provintsiya huquqiga ten- glashtirilgan alohida ma’muriy birlik va yirik iqtisodiy r-nni tashkil etadi. S. ilk o’rta asrlarda harbiy qal’a si- fatida vujudga kelgan. 14-a. oxirigacha kichikroq savdo shaxri bo’ltan. Mamla- katda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), S. — Koreya poytaxti. 1592-93 ylarda S.ni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905 y.dan S. Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910 y.dan general- gubernatorining, 1948 y.dan Jan. Koreya xukumati bosh qarorgohi. S. — transport yo’llarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon sh. bilan birga- likda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektro- Nika, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat, po- ligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikarila- Di. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Me’moriy yodgorli- klaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori krldikdari (19-a. oxirigacha S. baland mudofaa devori b-n o’ralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Von- gaks ibodatxona pagodasi (1467) va b. sakdangan. S. — mamlakatning madaniy markazi: Davlat un-ti (1946), xususiy un-tlar, intlar, teatr va xoreografiya intlari, Milliy FA, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, kar- tinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988 y.da S.da 14olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.