ZIYOD IBN SOLIH AL XUZA’IY

ZIYOD IBN SOLIH AL XUZA’IY (? taxminan 754) — Abu Muslimning yaqin safdosh (naqib) laridan biri va sarkardasi. Arablarning xuza’a qabilasidan. Abu Muslim uni 10 ming kishilik qo’shin bilan Buxorodagi Sharik ibn Almaxriy harakatini bostirish uchun yuborgan (750/751). Sharik bilan Ziyod ibn Solih qo’shinlari o’rtasidagi urush 37 kun davom qilgan. Sharik jangda halok bo’lgan. Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuayb shaharni qattiq mudofaa etgan. Ziyod ibn Solih Buxoroni ololmay shaharga o’t qo’yishni buyurgan: 3 kun ichida shaharning katta qismi kuyib kul bo’lgan. Oxiri jang shaharning Janubiy qismidagi Attoron darvozasi oldida bo’lgan, juda ko’p aholi qirilib ketgan. Qolgan mudofaachilarni shahar darvozasiga osishgan. Ziyod ibn Solih Samarqanddagi g’alayonni ham bostirgan. 751 yil Talas jangada O’rta Osiyoda o’z mavqeini kuchaytirmoqchi bo’lgan Xitoy qo’shinini butkul tormor keltirgan. 754 yil xalifa Mansur buyrug’i bilan Abu Muslimga qarshi chiqqan. Ziyod ibn Solihga qarshi bo’lgan Buxoro hokimlari Abu Muslimni qo’llab-quvvatlashgan. Ziyod ibn Solih Samarqand atrofidagi barkas qishlog’ida yashovchi zodagon dehqon uyiga yashiringan, lekin dehqon uni o’ldirib, boshini barkashga solib Abu Muslim oldiga olib kelgan. Manba: Istoriya at Tabari, T., 1987. Abu Sayd gard izi, Zayn alaxbor. Ukrashenie izvestiy, T., 1991; Bartol D V. V., Sochineniya, t. II (I), M, 1963; O’zbekiston xalklari tarixi, 1J., T., 1992. Faxriddin Hasanov.